
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qöqon davlat universiteti Xorijiy tillar metodikasi kafedrasi hamkorligida “Maktabgaça va boşlanğiç taʼlimda çet tillarni örgatişning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bölib ötdi.
Tadbirda mamlakatning yetakçi oliy taʼlim muassasalari, maktabgaça taʼlim taşkilotlari, umumtaʼlim maktablari, ilmiy markazlar hamda nodavlat taʼlim muassasalaridan professor-öqituvçilar, ilmiy xodimlar va amaliyotçi pedagoglar iştirok etdilar.
Anjuman iştirokçilari taʼlim tizimida xorijiy tillarni erta yoşdan öqitişning dolzarb masalalari, ilğor xorijiy tajribalarni öquv jarayoniga tatbiq etiş, raqamli taʼlim texnologiyalaridan samarali foydalaniş, öqituvçilarning kasbiy mahoratini oşiriş hamda öquvçilarda kommunikativ kompetensiyani şakllantiriş usullarini muhokama qildilar.
Şuningdek, tadbirda sözga çiqqanlar mamlakatimizda çet tillarini öqitiş sohasida olib borilayotgan islohotlar, Prezident taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan dasturlarning ahamiyati haqida töxtalib ötdi.
Anjuman davomida professor-öqituvçilar tomonidan işlab çiqilgan yangi işlanmalar va innovatsion taʼlim resurslari taqdimoti ham ötkazildi. Iştirokçilar öz tajribalari bilan örtoqlaşib, yoş avlodni xorijiy tillarga örgatişda motivatsiyani oşiriş va öquv jarayonini qiziqarli taşkil etiş böyiça samarali takliflar bildirdilar.
Anjuman yakunida eng faol maʼruzaçilar, innovatsion ğoyalari bilan ajralib turgan iştirokçilar hamda ilmiy maqolalari yuqori baholangan mualliflar sertifikat va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Tadbir iştirokçilari bunday ilmiy-amaliy uçraşuvlar taʼlim sifatini oşiriş, yoş mutaxassislarni qöllab-quvvatlaş va pedagogik tajriba almaşiş uçun samarali maydon bölib xizmat qilayotganini taʼkidlaşdi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








