
Qöqon davlat universiteti Xorijiy tillar nazariyasi kafedrasida “Maktabgaça va boşlanğiç taʼlimda çet tillarni örgatişning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Tadbirda çet tillarni öqitiş jarayonida innovatsion metodlar, maktabgaça yoşdagi bolalarga til örgatişning psixologik va didaktik asoslari, şuningdek, boşlanğiç taʼlimda til könikmalarini şakllantiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Konferensiya doirasida ilmiy maqola va tezislar töplamini çop etiş rejalaştirilgan. Unda oliy taʼlim muassasalari professor-öqituvçilari, ilmiy-tadqiqot institutlari yetakçi mutaxassislari, doktorantlar, mustaqil izlanuvçilar hamda magistrantlar öz ilmiy izlanişlari bilan iştirok etişdi.
Ilmiy-amaliy anjuman quyidagi şöbalarda faoliyat yuritdi:
1-şöba: Xorijiy tillarni ikkinçi til sifatida öqitişda innovatsion yondaşuvlar;
2-şöba: Maktabgaça yoşdagi bolalarga xorijiy tilni örgatişning psixologik, didaktik va lingvistik vazifalari;
3-şöba: Maktabgaça va boşlanğiç taʼlimda til könikmalarini şakllantirişning dolzarb masalalari;
4-şöba: Zamonaviy tilşunoslik va adabiyotşunoslikning dolzarb masalalari.
Konferensiya taʼlim sifatini oşiriş, ilmiy hamkorlikni kuçaytiriş va çet tillarni öqitiş metodologiyasini takomillaştiriş yölida muhim maydon bölib xizmat qildi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…




