
Qöqon davlat universiteti Gumanitar fanlar va tillar fakultetida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bağişlangan “Amir Temur va temuriylarning insoniyat tamaddunidagi örni va ahamiyati” mavzusida ilmiy seminar bölib ötdi.
Mazkur tadbir tarixiy merosimizni çuqur örganiş, yoş avlod ongida milliy ğurur va vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaş, şuningdek, temuriylar davrining jahon sivilizatsiyasiga qöşgan hissasini keng tarğib etiş maqsadida taşkil etildi.
Seminarni universitetning birinçi prorektori Ahmujon Husanov oçib berib, öz nutqida Amir Temur şaxsining nafaqat harbiy salohiyati, balki davlat boşqaruvi, ilm-fan va madaniyat rivojiga qöşgan ulkan hissasini alohida taʼkidladi. U temuriylar davri yurtimiz tarixida yuksaliş davri bölganini qayd etib, bu merosni örganiş bugungi yoşlar uçun muhim ahamiyat kasb etişini bildirdi.
Seminarning asosiy maʼruzaçisi, tarix fanlari doktori Bahriddin Usmonov tomonidan “Amir Temur va temuriylarning insoniyat tamaddunidagi örni va ahamiyati” mavzusida batafsil maʼruza qilindi. Maʼruzada Amir Temur davrida şakllangan markazlaşgan davlat tizimi, ilm-fan, meʼmorçilik, savdo-sotiq va madaniyatning yuksaliş bosqiçlari ilmiy asosda tahlil etildi.
Şuningdek, temuriylar sulolasi davrida bunyod etilgan ulkan meʼmoriy obidalar, rivoj topgan ilmiy maktablar hamda ularning jahon tamadduniga körsatgan taʼsiri haqida atrofliça fikr yuritildi. Maʼruzaçi temuriylar davrini Şarq Uyğoniş davrining muhim bosqiçlaridan biri sifatida baholab, bu davrda ilm-fan va madaniyatning misli körilmagan darajada taraqqiy etganini taʼkidladi.
Seminar davomida professor-öqituvçilar, tadqiqotçilar va talabalar örtasida qizğin ilmiy munozaralar bölib ötdi. Iştirokçilar tomonidan mavzu yuzasidan fikr va mulohazalar bildirilib, qator savollarga javoblar berildi.
Tadbir yakunida bunday ilmiy-maʼrifiy seminarlar yoşlarning tarixiy tafakkurini rivojlantiriş, ularda ajdodlar merosiga hurmat ruhini şakllantirişda muhim örin tutişi alohida taʼkidlandi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…





