
Gözallik va nafosat maskani bölmiş "Qöqon Art Rezidensiyasi" bugun har qaçongidan gavjum. Maskanga yiğilganlarning nigohida ehtirom namoyon. Boisi, bugun bu yerda Özbekiston Badiiy ijodkorlar uyuşmasi aʼzosi, uzoq yillar Qöqon davlat universitetida talabalarga sanʼat sir-asrorlarini örgatgan taniqli kulol va mohir rassom Botir Baratboyevning xotirasiga bağişlangan "Sanʼatda aks etgan ruh" nomli körgazmaning oçiliş marosimi bölib ötdi. Sanʼatşunoslik kafedrasi tomonidan taşkil etilgan körgazmada oliygoh jamoasi, sanʼatşunoslar, rassomning qadrdon hamkasblari hamda u qoldirgan merosni davom ettirayotgan şogirdlari jam bölişdi.
Ekspozitsiyadan joy olgan har bir rangtasvir asari va jozibador kulolçilik namunasida muallifning içki keçinmalari, özbekona lutf va şarqona jilo yaqqol közga taşlanadi. Marhum ijodkor Botir Baratboyev nafaqat qöli gul usta, balki Qöqon davlat universitetida önlab yoş isteʼdodlarni tarbiyalagan, ularning qalbiga tasviriy va amaliy sanʼatga bölgan muhabbatni joylagan fidoyi muallim edi. Bugun tomoşabinlar eʼtiboriga havola etilgan loydan işlangan közalar va milliy ruhdagi suratlar tom maʼnoda ustozning sanʼatga baxşida qilingan umri hamda teran içki dunyosining yorqin isbotidir.
Tadbir davomida sözga çiqqan qadrdonlari va şogirdlari ustozning nafaqat boy madaniy merosini, balki uning olijanob insoniy fazilatlarini ham çuqur ehtirom bilan yodga olişdi. Ustoz Botir Baratboyevning yorqin xotirasi va uning betakror asarlari özbek milliy sanʼati hamda u köp yillar samarali mehnat qilgan Qöqon davlat universiteti tarixida muhrlanib qoladi. Zero, haqiqiy sanʼatkorning jismoniy umri yakun topsa-da, uning ijodiy ruhi asarlarida va şogirdlarining kamolida yaşaşda davom etaveradi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








