
Qöqon davlat universiteti jamoasi tomonidan buyuk sarkarda, isteʼdodli şoir va noziktaʼb mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi.
Şahrimizdagi harbiy qismlardan birida ötkazilgan uşbu keça "Bobur kabi seving Vatanni" degan ezgu va daʼvatkor şior ostida keçdi. Tadbirda universitet professor-öqituvçilari, talabalar hamda harbiy xizmatchilar iştirok etib, Bobur şaxsiyatining turli qirralarini eʼtirof etdilar.
Tadbir davomida söz olgan maʼnaviyat tarğibotçilari Boburning nafaqat buyuk saltanat asoschisi, balki dunyo tamadduniga ulkan hissa qöşgan olim ekaniga töxtalib ötdilar. Xususan, uning "Boburnoma" asari jahonning önlab tillariga tarjima qilingani va bugun ham tarixiy manba sifatida qadrli ekani taʼkidlandi.
"Tole’ yöqi jonimga baloğ böldi, har işniki qildim xatoğ böldi..." — deya bitilgan satrlar ostida yaşiringan vatan soğinçi, ayniqsa, ona tuproq sarhadlarini qöriqlayotgan posbonlar uçun teran maʼno kasb etdi.
Keçada universitetning iqtidorli talabalari tomonidan ijro etilgan Bobur ğazallari davr ruhini qayta tiriltirdi. Şoir hayotidan lavhalar aks etgan sahna körinişlarida uning mardligi, adolati va vatanparvarligi mahorat bilan talqin qilindi.
Harbiy xizmatchilar va yoşlar örtasidagi samimiy muloqotda Bobur merosining bugungi kundagi ahamiyati tahlil qilindi. Tadbir iştirokçilari buyuk bobokalonimiz kabi ilmli, jasur va har bir işda qatʼiyatli böliş yoş avlodning eng asosiy burçi ekanini yakdillik bilan eʼtirof etdilar.
Bu kabi uçraşuvlar nafaqat tarixiy sanalarni yodga oliş, balki milliy özligimizni anglaşga xizmat qiladi. "Bobur kabi seving Vatanni" şiori ostidagi tadbir har bir iştirokçi qalbida yurtga sadoqat va ajdodlar merosiga hurmat hissini yanada mustahkamladi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








