
Prezident Şavkat Mirziyoyev 8 avgust kuni oliy öquv yurtlari bitiruvçilari bandligini taʼminlaş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi.
Oxirgi yetti yilda qabul 4,5 barobar oşib, yoşlarning oliy taʼlim bilan qamrovi 42 foizga yetgan bölsa-da, kadrlar tayyorlaş tizimi real ehtiyojga mos emas.
Misol uçun, Jizzaxdagi “BYD” zavodida 100 ta vakant bor. Şuning törtdan biri – robototexnika va böyoqlaş, robotlarni dasturlaş muhandislari. Zavod töliq quvvatga ötsa, malakali kadrlarga talab yanada ortadi.
Oliy taʼlimda öqitilayotgan kadrlar bilan iş beruvçilar talabi örtasida farq katta. Oqibatda korxonalar çetdan tayyor mutaxassis jalb qilişga majbur bölayapti. Har bir talabani oliygohda öqitib, mutaxassis qilib tayyorlaş uçun davlat yiliga 25-30 million söm sarflayapti. Lekin, tört yil umrini sarflab, diplom olgan yoşlarning yarmidan köpi oddiy-oddiy işlarda band.
Sönggi yillarda 40 ta oliy öquv yurtiga moliyaviy mustaqillik berilgani samarasida iqtisodiyot, huquqşunoslik, tibbiyot, xorijiy tillar va pedagogika yönalişidagi muassasalarning öz mablaği paydo böldi. Lekin qişloq xöjaligi, veterinariya, muhandislik, aniq va tabiiy fanlar yönalişlari yoşlar uçun jozibador emas.
Tarmoqlar bilan boğliqlikni oşiriş maqsadida 25 ta muhandislik bilim yurti hamkor korxonalarda 438 ta kafedra oçdi. Masalan, neft-gaz tarmoği taʼlim-işlab çiqariş klasterlarini taşkil qilgan. Şunday amaliyot natijasida Buxoro texnika universitetining 2 mingdan ziyod bitiruvçisi öz mutaxassisligi böyiça işga joylaşgan. Ilmiy tadqiqotni tijoratlaştiriş 10 karra oşgan.
Yaqin yillarda mamlakatimizda 83 milliard dollarlik yirik loyihalar işga tuşişi rejalaştirilgan. Ularning hisobiga sanoatning özida 500 mingga yaqin mutaxassisga ehtiyoj paydo böladi.
Masalan, Buxoro viloyatida yirik gaz-kimyo majmuasi qurilmoqda. Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda Ustyurtda katta loyihalar boşlanmoqda.
Bularning barçasi oliy taʼlimni sohalar talabi darajasiga kötariş, kadrlar tayyorlaş sifati va yoşlar bandligi qamrovini jadal oşirişni talab etadi.
Yiğilişda davlatimiz rahbari bu boradagi yangi taşabbuslarni maʼlum qildi.
Endi qiymati 1 million dollardan, işçilar soni 50 tadan köp bölgan loyihalarning texnik-iqtisodiy asosida sohalar va yönalişlar kesimida mutaxassislarga ehtiyoj körsatiladi. Bu orqali masʼul vazir va tarmoq rahbari oliy öquv yurtiga buyurtma joylaştirib, kadrlarni maqsadli tayyorlaşni yölga qöyadi.
Bunda rektorlar buyurtma asosida öqiyotgan talabalar uçun, asosiy fanlardan taşqari, qöşimça taʼlim modullarini joriy qiladi. Ularni öqigan talabalarga kredit ballari beriladi.
Talabalarning bilimi ikkinçi kursdan keyin ularni işga olmoqçi bölgan investorlar iştirokida yillik baholanadi. Bitiruvçi diplom işini loyihada qöyilgan masalalardan kelib çiqib, himoya qiladi. Bir söz bilan aytganda, investor talabiga mos bitiruvçilar kafolatli işga olinadigan böladi.
Mehnat munosabatlarida xususiy sektor uçun manfaatli tizim yaratilmoqda. Endi bitiruvçini işga olganlik uçun tadbirkorlik reytingida qöşimça ball beriladi. Oliy taʼlim muassasasi ularni böş örin bor korxonaga yönaltiradi.
Yiğilişda rektorlar vakolati va masʼuliyatini oşiriş masalasi körib çiqildi. Şu maqsadda Yangi Özbekiston universitetining baholaş tizimi boşqa muassasalarda ham yölga qöyilişi belgilandi.
Bunda oliy öquv yurtiga bitiruvçilar bandligiga qarab 40 ball, ilmiy tadqiqotlar uçun tarmoq buyurtmasi va mahsulotini sotişiga qarab 30 ball, ilmiy salohiyati va tan olingan xalqaro jurnallardagi maqolalari uçun 20 ball, jalb qilingan mahalliy va xorijiy grant uçun 10 ballgaça beriladi. Uşbu ballarga qarab, moliyalaştiriş tizimi joriy qilinadi.
Yangi Özbekiston universitetida “Rektorlar maktabi” dasturi orqali rektor va prorektorlikka nomzodlar maqsadli tayyorlanadi.
Endi barça oliy öquv yurtlari taşkiliy va akademik mustaqil böladi. Jumladan, rektorlar örinbosarlarini özi tayinlaydi, belgilangan miqdor doirasida professor-öqituvçilar va boşqaruv xodimlarini taqsimlaydi. Şuningdek, rektorlarga “super kontrakt” miqdorini tabaqalaşgan holda belgilaş vakolati beriladi.
Mutasaddilarga uşbu yangiliklarni adolatli va tizimli yölga qöyiş topşirildi.
Davlatimiz rahbari yana bir muhim taşabbusni ilgari surdi.
Maʼlumki, hujjat topşirişda abituriyentlar 5 tagaça oliy öquv yurtini tanlayapti. Bu yoşlar uçun juda katta imkoniyat böldi.
Endi bu yanada kengaytiriladi. Abituriyentlar tanlovidan birortasiga kirolmagan bölsa, lekin bali boşqa oliygohdagi tölmagan yönalişga töğri kelsa, ularni şartnoma asosida qabul qilişi mumkin böladi.
Yiğilişda yoşlar bandligini taʼminlaş masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, bu yilgi 92 ming bitiruvçining keyingi faoliyatida kömaklaşiş çora-tadbirlari belgilandi.
Qayd etilganidek, ulardan 20 ming nafari magistratura va ikkinçi mutaxassislik bilan qamrab olinadi. Yana 20 mingi Bandlik vazirligi orqali staj talab qilmaydigan işlarga joylaştiriladi.
Har bir viloyatda “biznes inkubatorlar” taşkil qilib, tadbirkorlik, marketing, dizayn, axborot texnologiyalari sohalarida 10 ming bitiruvçini band qiliş mumkinligi aytildi.
Şuningdek, kimyo, energetika, geologiya, avtosanoat, metallurgiya, töqimaçilik, elektrotexnika, quriliş, transport, logistika kabi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda yoşlarni işli qiliş imkoniyatlari körsatib ötildi.
Tijorat banklari orqali 20 ming bitiruvçining biznes boşlaşiga kömaklaşiş rejalaştirilgan. Xususan, yoşlar bandligini taʼminlaş uçun Milliy bank va Aloqa bankka bu yil 300 million dollar ajratilgan.
Banklar mazkur imtiyozli kredit resursining bir qismini bitiruvçilarni işga olgan korxonalarga ham beriş taşabbusini bildirdi. Endi bunday tadbirkorlarga 5 milliard sömgaça 18 foizli kredit beriladi. Uşbu yangi tizim nafaqat bu yilgi, balki öqişni tugatganiga 3 yil bölmagan bitiruvçilar uçun ham tatbiq qilinadi.
Uyuşmagan yoşlarni alohida mehr-eʼtiborga olib, foydali maşğulotlarga yönaltiriş muhimligi taʼkidlandi. Ularni kasb va til tögaraklari, sport musobaqalari, harbiy-vatanparvarlik tadbirlariga jalb qiliş böyiça vazifalar belgilandi.
Yiğilişda muhokama qilingan masalalar yuzasidan soha mutasaddilari, rektorlar va tadbirkorlarning fikrlari eşitildi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…


