
Davlatimiz rahbari Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev raisligida ötkazilgan oliygohlar bitiruvçilarini işga joylaştiriş böyiça kengaytirilgan yiğilişda yurtimiz oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantiriş, bitiruvçilar bandligini taʼminlaş, ilm-fan va işlab çiqariş integratsiyasini kuçaytiriş borasida juda muhim vazifalar belgilab berildi. Mazkur yiğilişda bildirilgan fikr va topşiriqlar har birimiz uçun yöl xaritasi bölib xizmat qiladi.
Bugun 40 ta oliygohga berilgan moliyaviy mustaqillik öz samaralarini bera boşladi. Şu bilan birga, ayrim yönalişlardagi oliygohlar, xususan, muhandislik, STEM, qişloq xöjaligi va veterinariya yönalişlarida daromad topiş, ilmiy işlanma va amaliy loyihalar orqali mablağ jalb etiş borasida hali yetarli tajriba va natijaga ega emasligi taʼkidlandi.
Şundan kelib çiqib, rektorlar uşbu yönalişda yanada faol bölişimiz, bozor talablarini çuqur örganib, ularga mos innovatsion yeçimlar işlab çiqişimiz, yangi hamkorlar topişimiz hamda xalqaro grant va investitsiyalarni jalb etiş böyiça izçil iş olib borişimiz lozim. Buning uçun ilmiy izlanişlarni kuçaytiriş, talabalar va yoş olimlarni amaliy loyihalarga keng jalb etiş ustuvor vazifamiz bölib qoladi.
Prezidentimiz taʼkidlaganidek, taʼlim va işlab çiqarişning uzviy boğliqligi – kelajak muvaffaqiyatining eng muhim garovidir. Bugungi globallaşuv davrida har bir oliy taʼlim muassasasi nafaqat nazariy bilim berişi, balki talabalarning amaliy könikmalarini mustahkamlaş, ularni bozor talablariga tayyorlaş borasida faol bölişi zarur.
Yurtimizdagi 25 ta muhandislik yönalişidagi oliy taʼlim muassasalarida 438 ta kafedraning töğridan-töğri hamkor korxonalarda faoliyat yuritayotgani – barçamiz uçun amaliy namuna bölib xizmat qilmoqda. Bu tajriba talabalarni öqiş davridayoq işlab çiqariş jarayoniga jalb etiş, ularni real iş şaroitiga tayyorlaşga xizmat qilmoqda.
Kelgusida tarmoq korxonalarimiz bilan hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, kafedra filiallarini köpaytiriş va talabalarni taʼlimning ilk bosqiçlaridan boşlab işlab çiqariş amaliyotiga jalb etiş işlarini jadallaştiramiz.
Işonamizki, oliygoh va işlab çiqariş örtasidagi mustahkam hamkorlik tufayli biz ertangi kunning zamonaviy bilim va könikmalarga ega, raqobatbardoş, fidoyi mutaxassislarini yetiştiramiz. Bu esa nafaqat universitetlarning, balki butun mamlakatimiz taraqqiyoti yölidagi muhim qadam bölib xizmat qiladi.
Yiğilişda oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining vakolatlari kengaytirilişi, universitetlarning taşkiliy va akademik mustaqillikka ega bölişi alohida taʼkidlandi. Bu yondaşuv oliygohlar faoliyatini zamon talablariga mos ravişda tezkor va samarali taşkil etiş, byurokratik tösiqlarsiz rivojlaniş strategiyalarini amalga oşiriş imkonini beradi.
Endilikda biz professor-öqituvçilar tarkibini mustaqil şakllantiriş, eng malakali mutaxassislarni jalb etiş va ularning mehnatini munosib rağbatlantiriş imkoniyatiga ega bölamiz. Rektorlarda “super” kontrakt miqdorlarini tabaqalaştiriş orqali talabalar uçun qulayroq şart-şaroitlar yaratiş, iqtidorli yoşlar uçun esa qöşimça imtiyozlar belgilaş imkoniyati yuzaga keladi.
Şuningdek, yangi taʼlim dasturlari va zamonaviy öquv kurslarini tezkor joriy etiş, xalqaro talab va meʼyorlarga mos öquv rejalari işlab çiqiş imkoniyati kengayadi. Bu esa mehnat bozorida talab yuqori bölgan, amaliy könikmalarga ega, raqobatbardoş kadrlar tayyorlaş jarayonini tezlaştiradi.
Biroq uşbu erkinlik bilan birga natijadorlik böyiça javobgarlik ham ortadi. Har bir qaror, har bir taşabbus, har bir yangilik oliygoh reytingi, bitiruvçilar bandligi, ilmiy natijalar va taʼlim sifati orqali baholanadi. Demak, kengaytirilgan vakolatlar – bu nafaqat imkoniyat, balki yuksak masʼuliyatdir.
Endilikda oliygohlar reyting tizimida bitiruvçilar bandligi körsatkiçi 40 ball bilan baholanadigan bplmoqda. Bu juda katta masʼuliyat bölib, bizdan nafaqat diplom topşirişni, balki har bir bitiruvçimizning öz mutaxassisligi böyiça iş bilan taʼminlanişini kafolatlaşni talab etadi. Demak, bitiruvçilar taqdiri – bizning eng muhim natijamiz va oliygoh obrösining asosiy mezonidir.
Şu maqsadda yaqin kunlarda Qöqon davlat universitetida “Karera markazi” faoliyati yanada kuçaytiriladi. Markaz nafaqat böş iş örinlarini taqdim etuvçi tuzilma sifatida, balki talabalar va bitiruvçilar uçun tölaqonli karera yöriqçisi, malaka oşiriş va mehnat bozoriga moslaşiş böyiça maslahat markaziga aylantiriladi.
Bunda xususiy sektor, işlab çiqariş korxonalari, startap loyihalar va xorijiy iş beruvçilar bilan hamkorlik doirasini kengaytiriş ustuvor vazifa etib belgilanadi. Zamonaviy onlayn platformalar va maʼlumot bazalaridan keng foydalaniş, xalqaro karera portallariga ulaniş orqali bitiruvçilarimiz uçun yangi iş imkoniyatlari yaratiladi.
Şuningdek, bitiruvçilarni işga joylaştiriş jarayonida eng yuqori natijalarni körsatgan kafedralar va fakultetlar moddiy rağbatlantiriladi. Bu tizim professor-öqituvçilarni ham bitiruvçilar taqdiriga befarq bölmaslikka, ularning malaka va bilimlarini iş beruvçilar talabiga moslaştirişga undaydi.
Işonçimiz komilki, mazkur çora-tadbirlar tufayli universitetimiz bitiruvçilari nafaqat iş topadi, balki öz kasbiy faoliyatida muvaffaqiyat qozonadi, iqtisodiyotimizning har bir sohasida yetakçi örinlarni egallaydi.
Ilmiy tadqiqotlar uçun tarmoq buyurtmalarini jalb etiş, amaliy işlanmalarni tijoratlaştiriş, xalqaro nufuzli jurnallarda maqolalar çop ettiriş hamda xalqaro va milliy grantlarni qölga kiritiş – endilikda oliygoh moliyalaştirişining eng muhim ustunlaridan biriga aylanmoqda. Bu nafaqat universitet byudjetini mustahkamlaş, balki ilmiy salohiyatni oşiriş, xalqaro maydonda tan olinişi va oliygoh brendini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Şuningdek, professor-öqituvçilar va yoş tadqiqotçilarni Scopus, Web of Science kabi xalqaro bazalarda indekslanadigan jurnallarda ilmiy maqolalar eʼlon qilişga rağbatlantiriş, grant loyihalarida iştirok etiş uçun zarur şaroitlarni yaratiş ustuvor yönaliş sifatida belgilanadi. Natijada, universitet ilmiy izlanişlari bozor talablari va xalqaro standartlarga mos holda rivojlanadi, bu esa taʼlim sifatiga ham bevosita ijobiy taʼsir körsatadi.
Prezidentimiz tomonidan 92 ming nafar bitiruvçini işga joylaştiriş böyiça aniq yönalişlar belgilab berildi. Bu topşiriq oliygohlar zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi va bitiruvçilar taqdiriga bevosita taʼsir qiluvçi muhim strategik vazifa hisoblanadi.
Yiğilişda uyuşmagan, turli sabablarga köra öqişdan çetlatilgan yoşlarni jamiyatga qaytariş böyiça aniq vazifalar belgilab berildi. Bu masala nafaqat taʼlim tizimi, balki butun jamiyat oldida turgan dolzarb vazifadir. Çunki har bir yoşning öz örnini topişi, ijtimoiy hayotga faol kirib borişi — mamlakatimiz kelajagi uçun beqiyos ahamiyatga ega.
Uşbu yönalişda mahalla fuqarolar yiğinlari, tuman va şahar hokimliklari, Yoşlar işlari agentligi, bandlik va boşqa tegişli idoralar bilan yaqindan hamkorlik qilinadi. Bunday yoşlarga kasb-hunar örgatiş, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari böyiça könikmalar beriş, tadbirkorlik asoslari bilan taniştiriş kabi amaliy loyihalarni hayotga tatbiq etamiz.
Bu jarayonda nafaqat taʼlim, balki ularning ijtimoiy moslaşuvi, psixologik qöllab-quvvatlaş va mehnat bozorida munosib örin egallaşiga yordam beriş ham asosiy vazifa böladi. Işonamizki, bunday taşabbuslar orqali köplab yoşlar hayotga yangidan maqsadlar bilan qaytadi, özining istiqbolli kelajagini quriş imkoniga ega böladi.
Davlatimiz rahbari belgilab bergan vazifalar bizdan faollik, taşabbuskorlik va natijadorlikni talab qiladi. Biz birgalikda oliygohlarimizni butun mamlakat miqyosida yetakçi taʼlim va ilm-fan markaziga aylantirişimizga işonaman.
Dilnoza Xodjayeva, Qöqon davlat universiteti rektori.
UzA
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…