
Bugun Qöqon davlat universitetida “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasidagi yengil atletika musobaqalari start oldi. “Yoşlik” stadionida bölib ötayotgan uşbu sport bayrami talaba-yoşlar uçun nafaqat kuç va çaqqonlik sinovi, balki döstlik soğlom raqobat maydoniga aylandi.
Mazkur musobaqalar Prezidentning beş muhim taşabbusi doirasida yoşlarni sportga keng jalb etiş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, şuningdek, ularning irodaviy sifatlari va yetakçilik könikmalarini mustahkamlaş maqsadida taşkil etilmoqda.
Musobaqalarda universitetning barça fakultetlaridan 4 tadan jamoa iştirok etmoqda. Har bir jamoa 400 metr masofaga möljallangan estafeta poygasida kuç sinaşmoqda. Bellaşuvlarda qizlar va yigitlardan iborat jamoalar tezlik va çaqqonliklarini sinovdan ötkazişmoqda.
Musobaqaning birinçi kuni hayajonli onlarlarga boy tarzda ötdi. Stadionda talabalar, murabbiylar hamda tomoşabinlar uçun haqiqiy sport muhitini his etiş mumkin böldi. Har bir çiqiş iştirokçilar uçun sinov, fakultetlar uçun esa ğurur masalasiga aylandi.
Taşkilotçilarning taʼkidlaşiça, ğolib va sovrindor jamoalar viloyat bosqiçiga yöllanma, diplomlar hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlanadi. Bu esa musobaqaga qöşimça rağbat va iştiyoq bağişlamoqda.
Musobaqalar 31-oktabrga qadar davom etadi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








