
Pedagogika va psixologiya fakulteti jamoasi 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kunini özgaça şukuh bilan qarşi oldilar.
Bahorning ilk kunlari yurtimizga nafaqat uyğoniş faslini, balki qalblarga iliqlik ulaşuvçi nafosat bayramini ham olib keladi. Şu munosabat bilan Qöqon davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakultetida ötkazilgan "Ayol muqaddas" nomli maʼnaviy-maʼrifiy va badiiy keça unutilmas lahzalarga boy böldi.
Tadbirni kiriş sözi bilan oçib bergan universitet rahbariyati yiğilganlarni ayyom bilan qutlar ekan, ayol zotining jamiyatimizdagi örni, yoş avlod tarbiyasidagi beqiyos hissasi haqida töxtalib ötdilar. Ayniqsa, bugungi kunda taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan olima ayollar va ilm yölida qadam taşlayotgan talaba-qizlarning yutuqlari alohida eʼtirof etildi.
Badiiy keça davomida talabalar tomonidan tayyorlangan çiqişlar yiğilganlarga çinakam bayram kayfiyatini ulaşdi. Talabalar ijrosidagi onani, ayolni tarannum etuvçi şeʼrlar qalb tubiga yetib bordi. Kuy-qöşiqlar esa tadbirga yanada kötarinki ruh bağişladi. Fakultetning iqtidorli yoşlari tomonidan ijro etilgan sahnalaştirilgan çiqişlarda özbek ayolining sabr-toqati, latofati va muqaddas siymosi mahorat bilan aks ettirildi.
Tadbir yakunida öquv işlari va jamoat hayotida faollik körsatayotgan bir guruh professor-öqituvçilari va talaba-qizlar esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar. Uşbu keça talaba-yoşlar qalbida onaga ehtirom, ayolga hurmat tuyğularini yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi şubhasiz.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








