
Qöqon davlat universiteti Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakultetida Navröz umumxalq bayrami munosabati bilan “Assalom, Navröz!” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir yuqori saviyada taşkil etildi. Bahorning kirib kelişi, tabiatning uyğonişi va yangilaniş ramzi bölgan uşbu ayyom fakultet jamoasi va talaba-yoşlar qalbiga özgaça quvonç va kötarinki kayfiyat ulaşdi.
Tadbirni fakultet dekani Vahobjon Xöjayev oçib berib, yiğilganlarni Navröz bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. U öz nutqida Navrözning xalqimiz hayotidagi örni, uning mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlikni mustahkamlovçi qadriyat ekanini alohida taʼkidlab ötdi.
Bayram dasturi davomida milliy sport öyinlaridan namunalar namoyiş etilib, talabalar özlarining çaqqonligi va epçilligini körsatdilar. Uşbu çiqişlar tomoşabinlarga kötarinki ruh bağişlab, milliy anʼanalarimizga bölgan hurmatni yanada oşirdi.
Şuningdek, tadbir doirasida bahoriy milliy taomlar körgazmasi taşkil etildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan rang-barang va mazali taomlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi hamda milliy oşxona anʼanalarining boyligini yana bir bor namoyon etdi.
Tadbirning badiiy qismida esa iqtidorli talabalar tomonidan şeʼrlar öqilib, kuy-qöşiqlar ijro etildi. Ularning çiqişlari Navrözning gözalligi, tabiatning uyğonişi va inson qalbidagi ezgulik tuyğularini tarannum etdi.
Umuman olganda, “Assalom, Navröz!” bayram tadbiri fakultet hayotida yorqin voqea bölib, talaba-yoşlar örtasida milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat ruhini yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








