
Tabiat uyğonib, borliq gözallikka burkanayotgan, dillar bayram şukuhi bilan tölgan uşbu kunlarda yurtimiz böylab Navrözi olam keng nişonlanmoqda. Qöqon davlat universitetining Xorijiy filologiya fakultetida taşkil etilgan “Assalom, Navröz” nomli adabiy-badiiy keça ham aynan şu nafosat va qadriyatlar tantanasiga bağişlandi.
Tadbirni universitetning birinçi prorektori Ahmadjon Husanov oçib berdi. U öz sözida Navröz bayramining mazmun-mohiyati, uning xalqimiz ötmişidagi örni haqida töxtalib, barça iştirokçilarni yangilaniş va yaşariş ayyomi bilan samimiy qutladi. Talabalarning bilim olişdagi şijoati va madaniy hayotdagi faolligiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Bayramning badiiy qismi çinakam ijodiy maydonga aylandi. Bölajak filologlar tomonidan tayyorlangan çiqişlar yiğilganlarga manzur böldi. Keçada yangragan bahor taronalari, milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvçi sahna körinişlari va jozibador raqslar guldastasi keçaga özgaça jilo bağişladi.
Quvonarli jihati şundaki, bayram tadbiri faqatgina tomoşa bilan çeklanib qolmadi. Öquv yili davomida ijtimoiy va maʼnaviy hayotda özining faolligi, iqtidori va intilişi bilan tengdoşlariga örnak bölib kelayotgan bir guruh talabalar rahbariyat tomonidan munosib eʼtirof etilib, esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
“Assalom, Navröz” adabiiy-badiiy keçasi nafaqat bayram tadbiri, balki yoşlar qalbida milliy ğurur va bahoriy kayfiyatni uyğotgan yorqin sahifa bölib muhrlandi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








