
Qöqon davlat universitetida Navröz umumxalq bayrami munosabati bilan ötkazilayotgan tantanali tadbirlar kötarinki ruhda davom etmoqda. Bahorning ilk nafasi, yangilaniş va yaşariş timsoli bölgan uşbu ayyom universitet hayotiga özgaça fayz, quvonç va kötarinkilik bağişlamoqda. Ayniqsa, Gumanitar fanlar va tillar fakultetida taşkil etilgan “Assalom, Navröz!” nomli bayram tadbiri özining mazmun-mohiyati, rang-barang dasturi va milliy qadriyatlarimizni tarannum etgani bilan alohida eʼtibor qozondi.
Mazkur tadbirni universitetning birinçi prorektori Ahmadjon Husanov tantanali ravişda oçib berdi. U öz sözida barça talaba-yoşlarni uşbu uluğ ayyom bilan samimiy tabriklab, ularga mustahkam soğlik, yuksak marralar va kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbir davomida milliy urf-odat va anʼanalarimiz keng namoyon etildi. Talabalar tomonidan sahnalaştirilgan çiqişlarda Navrözga xos qadimiy marosimlar, xalqona udumlar va qadriyatlar badiiy ifoda orqali aks ettirildi. Ayniqsa, milliy liboslar jilosi, davradigi bahoriy kayfiyat va folklor elementlari tomoşabinlarda unutilmas taassurot qoldirdi.
Bayram dasturi şeʼriy çiqişlar, jozibali raqslar hamda diltortar bahor taronalari bilan yanada boyitildi. Iqtidorli talabalar ijrosidagi kuy-qöşiqlar barçaga bayramona kayfiyat ulaşib, yiğilganlarning olqişiga sazovor böldi. Har bir çiqiş bahorning gözalligi, tabiatning uyğonişi va inson qalbidagi yangilaniş tuyğularini özida mujassam etdi.
Tadbir yakunida universitet va fakultet hayotida faol iştirok etib kelayotgan bir guruh taşabbuskor va iqtidorli talabalar taqdirlandi. Ularga faxriy yorliqlar va esdalik sovğalari topşirilişi yoşlarni yanada faol bölişga, ilm-fan va ijtimoiy hayotda yuqori natijalarga erişişga undovçi muhim rağbat böldi.
“Assalom, Navröz!” tadbiri nafaqat bayramona şodiyonani, balki milliy özlikni anglaş, qadriyatlarimizni asrab-avaylaş va yoş avlod qalbida ularga hurmat tuyğusini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etdi. Qöqon davlat universitetida davom etayotgan Navröz tantanalari esa bu ezgu qadriyatlarning bardavom ekanidan dalolat bermoqda.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








