
Bugun — Qöqon şahridagi Buyuk allomalar muzeyida akademik Rahima Aminovaning 100-yilligiga bağişlab, “Özbekiston tarixining dolzarb masalalari: agrar siyosat, gender, madaniyat” mavzusidagi yirik ilmiy konferensiya bölib ötdi.
Konferensiyaning oçiliş marosimida Qöqon şahar hokimi Marufjon Usmonov hamda Qöqon davlat universiteti birinçi prorektori Ahmajon Husanov sözga çiqib, akademik Rahima Aminovaning tarix fani taraqqiyoti, ilmiy maktabining şakllanişi va yoş tadqiqotçilar kamolotiga qöşgan bebaho hissasini alohida eʼtirof etdilar.
Anjumanda Özbekiston Fanlar akademiyasi olimlari, mahalliy va xorijiy universitetlar professor-öqituvçilari, nufuzli tadqiqotçilar maʼruzalari bilan iştirok etib, agrar siyosat, gender masalalari va madaniy taraqqiyotning dolzarb jihatlari ilmiy muhokama qilindi. Şuningdek, Rahima Aminovaning hayoti va ilmiy merosiga bağişlangan hujjatli film namoyiş etilib, uluğ allomaning ilmiy izlanişlari bugungi kun uçun ham muhim ahamiyat kasb etişi taʼkidlandi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…




