
Akademik mobillik dasturi doirasida Qöqon davlat universiteti professor-öqituvçilari xalqaro ilmiy va taʼlimiy hamkorlikni rivojlantiriş yölida faol iştirok etmoqda. Şu munosabat bilan universitetning Psixologiya kafedrasi mudiri Dilorom Saliyeva hamda Pedagogika kafedrasi mudiri Ziroat Xolmatovalar 27-apreldan 1-mayga qadar Qozoğiston Respublikasida xizmat safarida bölib turibdi.
Mazkur taşrif doirasida ular Qozoğiston Respublikasining X. Dosmuxammedov nomidagi Atyrau universitetida öquv jarayonlari, ilmiy tadqiqotlar tizimi hamda taʼlim sohasidagi zamonaviy yondaşuvlar bilan tanişmoqda. Şuningdek, ikki oliy taʼlim muassasasi örtasida ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantiriş, qöşma loyihalar va akademik almaşinuv dasturlarini kengaytiriş masalalari muhokama qilinmoqda.
Taşrif davomida professor-öqituvçilar tomonidan psixologiya va pedagogika yönalişlarida tajriba almaşiş, maʼruzalar öqiş hamda ilmiy seminar va davra suhbatlarida iştirok etiş rejalaştirilgan. Bu jarayonlar ikki davlat oliy taʼlim tizimi örtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş, ilmiy salohiyatni oşiriş va ilğor tajribalarni özlaştirişga xizmat qilmoqda.
Taʼkidlaş joizki, akademik mobillik dasturlari professor-öqituvçilarning xalqaro ilmiy makonda faol iştirokini taʼminlaş, taʼlim sifatini oşiriş hamda zamonaviy pedagogik yondaşuvlarni joriy etişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…




