
Qöqon har doim adabiyot va ma’rifat beşigi bölib kelgan. Bugun Qöqon davlat universitetining Axborot-resurs markazida ana şunday adabiy va ma’rifiy muhit yana bir bor böy körsatdi. “Siz qaçon öqiysiz?” loyihasi doirasida bu yerga adabiyot ixlosmandlari, talaba-yoşlar hamda ma’rifatparvarlar yiğilişdi.
Bugungi ijodiy uçraşuvning boş qahramoni — taniqli şoir, publitsist va "Jadid" gazetasi muharriri Şahriyor Şavkat böldi.
Tadbir doirasida ijodkorning adabiy faoliyati, zamonaviy adabiyot masalalari hamda uning intiqlik bilan kutilgan ‘Hirotga, bobomning huzuriga’ nomli yangi kitobi taqdimoti bölib ötmoqda.
Samimiy va qizğin ruhda ötgan uçraşuvda mutolaa madaniyati, bugungi yoşlarning adabiyotga bölgan munosabati hamda jadidçilik an’analarining zamonaviy matbuotdagi örni haqida atrofliça fikr yuritildi. Ayniqsa, “Hirotga, bobomning huzuriga” asarining yaratiliş tarixi va undagi ma’naviy-tarixiy ildizlar yoşlarda katta qiziqiş uyğotdi. Talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga atrofliça javob oldilar.
Tadbir yakunida şoir va publitsist Şahriyor Şavkat özining “Hirotga, bobomning huzuriga” nomli yangi kitobini adabiyotşunos yoşlarga taqdim etdi. Bu kabi ijodiy uçraşuvlar yoşlarning dunyoqaraşini kengaytiriş va mutolaaga bölgan mehrini oşirişda muhim amaliy qadamdir.
Tafakkur va ma’rifatga intilgan qalblar uçun bugungi uçraşuv unutilmas adabiy bayramga aylandi. Kitob öqişdan va bilim olişdan töxtamang. Bizni kuzatişda davom eting!
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








