
Qöqon davlat universitetida “Yangi Özbekiston talabalar olimpiadasi” dasturi doirasida 3x3 basketbol böyiça musobaqalar taşkil etilib, talaba-yoşlarning sportga bölgan qiziqişi va salohiyatini namoyon etuvçi muhim sport bayramiga aylandi.
Mazkur musobaqada universitetning turli fakultetlaridan tuzilgan jamoalar iştirok etib, özaro keskin va murosasiz bahslarda kuç sinaşdilar. 3x3 basketbol formati özining tezkorligi, dinamikasi va yuqori darajadagi jismoniy hamda taktik tayyorgarlikni talab qilişi bilan ajralib turadi. Şu bois iştirokçilar har bir uçraşuvda çaqqonlik, aniqlik va jamoaviy hamjihatlikni namoyiş etişga intildilar.
Musobaqalar davomida har bir jamoa ğalaba uçun bor imkoniyatini işga solib, tomoşabinlarga qiziqarli va murosasiz öyinlarni taqdim etdi. Ayniqsa, hal qiluvçi bosqiçlarda keskin kuraşlar, tezkor hujumlar va aniq zarbalar sport muxlislarida katta taassurot qoldirdi.
Yakuniy natijalarga köra, yigitlar örtasida quyidagi jamoalar sovrindor böldilar:
1-örin — Sanʼat va sport fakulteti
2-örin — Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti
3-örin — Aniq fanlar va muhandislik fakulteti
Qizlar örtasida esa ğolib va sovrindorlar quyidagiça aniqlandi:
1-örin — Sanʼat va sport fakulteti
2-örin — Boşlanğiç va texnologik taʼlim fakulteti
3-örin — Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti
Musobaqa yakunida ğolib va sovrindor jamoalar tantanali ravişda taqdirlanib, ularga diplom hamda esdalik sovğalari topşirildi.
Uşbu sport tadbiri nafaqat talabalar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib etiş, balki ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, jamoaviylik va liderlik könikmalarini rivojlantirişda ham muhim ahamiyat kasb etdi. Şu bilan birga, musobaqa talaba-yoşlar örtasida döstona muhitni mustahkamlaşga, sport orqali özaro hamjihatlikni yanada kuçaytirişga xizmat qildi.
Qöqon davlat universitetida ötkazilayotgan bunday sport musobaqalari yoşlarning har tomonlama barkamol bölib voyaga yetişida, ularning jismoniy va maʼnaviy salohiyatini oşirişda muhim omil bölib qolmoqda.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








