
Xalqaro hamkorlik bölimi boşliği
Begmatova Nodira Numanovna
- Qabul kunlari
- Har kuni iş vaqtida
- Telefon
- +99890 343 41 59
- Elektron poçta
- ksu.intdept@gmail.com
Universitet xalqaro aloqalarini rivojlantiriş va xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik örnatiş

Xalqaro hamkorlik bölimi boşliği
Qöqon davlat universitetida xalqaro aloqalarni rivojlantiriş va xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yölga qöyiş maqsadida Xalqaro hamkorlik bölimi taşkil etilgan. Bölim universitetning xalqaro maydondagi nufuzini oşiriş, ilmiy va madaniy almaşinuvni kengaytiriş ustida iş olib boradi.
Sönggi yillarda universitet Turkiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Malayziya, Qozoğiston, Qirğiziston va boşqa davlatlarning yetakçi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik şartnomalari va memorandumlarini imzoladi.
2022-2025-yillarda Rossiya, Turkiya, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Çexiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Xitoy, Belgiya, Ozarbayjon, Indoneziya oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari örnatildi va 50 dan ortiq şartnoma va memorandumlar imzolandi.
Uşbu memorandum va şartnomalar böyiça 500 dan ortiq talabalar talaba almaşinuv dasturlari doirasida xorijga yuborildi va xalqaro sertifikatlarga ega böldi.
Institutning 60 dan ortiq öqituvçilari QS World University Rankings top-1000 taligiga kiruvçi oliy öquv yurtlarida xorijiy talabalar uçun dars maşğulotlari ötkazdilar.
2022-2025-yillarda 114 nafar öqituvçi QS World University Rankings top-1000 taligidagi oliy taʼlim muassasalarida malaka oşirdilar. 20 dan ortiq öqituvçi Buyuk Britaniya va Yevropa oliy öquv yurtlarida tajriba almaşdilar. 156 nafar xorijiy professor-öqituvçilar institut talabalari uçun dars ötdilar.
70 dan ortiq öqituvçilar xorijdagi xalqaro konferensiya, seminar va simpoziumlarda iştirok etib, xalqaro sertifikatlar oldilar.
Hamkor oliy taʼlim muassasalari bilan 60 dan ortiq vebinarlar ötkazildi.
2022-2024-yillarda 10 dan ortiq grant loyihalarida iştirok etiş natijasida 200 000 AQSH dollari jalb qilindi.
Hozirgi kunda 40 dan ortiq xorijiy universitetlar bilan hamkorlik memorandum va şartnomalari imzolangan.