Asosiy kontentga ötiş
Qöqon davlatuniversiteti

Qöqon davlat universiteti

Qariyb bir asrlik yöl: pedagogika institutidan zamonaviy davlat universitetigaça.

Qöqon davlat universiteti: keça, bugun, ertaga

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi qaroriga muvofiq, Farğona viloyatida oliy taʼlim tizimini isloh qiliş va samaradorligini oşiriş maqsadida Qöqon davlat universiteti taşkil etildi. Yangi universitet Qöqon davlat pedagogika instituti, Toşkent davlat texnika universiteti Qöqon filiali va Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Farğona mintaqaviy filialining negizida barpo etildi.

Bugungi kunda universitetimizda 18 000 nafardan ortiq şijoatli talaba kunduzgi, masofaviy, sirtqi şaklda ilm örganib öz orzulari sari intilmoqda. Ularga 700 dan ziyod yuqori malakali professor-öqituvçi saboq beradi, ular orasida 30 nafari fan doktori (DSc) va professorlar, 360 nafari esa fan nomzodi (PhD) va dotsentlardir. Har bir talabaga çuqur nazariy bilim, zamonaviy könikma va boy amaliy tajriba ulaşiş — bizning boş maqsadimizdir.

Oliygohimizda 1 nafar Özbekiston Respublikasi Prezidenti nomidagi davlat stipendiyasi 2 nafar Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi 10 nafar Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi 1 nafar Abu Rayhon Beruniy stipendiyasi sohiblari yetişib çiqqan.

  1. 1931

    Ilm va ma’rifat sari taşlangan ilk qadamlar

    Qöqonda yoşlarni oliy ta’limga tayyorlaş işlari pedagogika instituti taşkil etilişidan ança avval boşlangan edi. Öşa davrda şaharda pedagogika bilim yurti, mexanika texnikumi, keçki işçilar universiteti, uç va olti oylik pedagogik kurslar faoliyat yuritar, şuningdek, Qöqon şahri hamda uning atrofidagi tuman maktablari uçun öqituvçilar tayyorlaydigan bir yillik va ikki yillik maxsus kurslar taşkil etilgandi. Bu maskanlar oddiy ta’lim muassasasi emas, balki ilm-ma’rifat sari intilgan yoşlar uçun katta orzu va umid maktabi vazifasini ötagan. Ana şu sa’y-harakatlar samarasi ölaroq, Qöqonda pedagogika oliy öquv yurtini taşkil etiş ğoyasi tobora mustahkamlanib bordi. Nihoyat, 1931-yilning yanvar oyida Qöqon keçki pedagogika instituti va uning tayyorlov bölimiga ilk 60 nafar talaba qabul qilindi. Bu voqea nafaqat ta’lim tizimi, balki butun vodiy hayotida muhim tarixiy buriliş böldi. Ilm olişga çanqoq yoşlarning institut ostonasiga ilk bor qadam qöyişi bilan Qöqonda oliy pedagogik ta’limning yangi davri boşlandi.

    1931 — Ilm va ma’rifat sari taşlangan ilk qadamlar
  2. 1935

    Ilk bitiruvçilar — ma’rifat yölidagi ilk zafar

    1934–1935-öquv yili Qöqon pedagogika instituti tarixida unutilmas sahifa bölib qoldi. Aynan şu yillarda institut özining ilk mevasini berdi — 42 nafar yoş mutaxassis qöliga ilk diplomlarni oldi. Ular fizika-matematika, tabiatşunoslik, özbek tili va adabiyoti hamda tarix yönalişlari bitiruvçilari edi. Şu tariqa Qöqon pedagogika instituti nafaqat talaba tayyorlaydigan maskan, balki jamiyat taraqqiyoti uçun fidoyi ziyolilarni voyaga yetkazadigan ilm dargohiga aylana boşladi.

    1935 — Ilk bitiruvçilar — ma’rifat yölidagi ilk zafar
  3. 1939

    Qöqon ta’lim tizimida yangi bosqiç

    1939-yil Qöqon ilmiy-ma’rifiy hayoti tarixida muhim buriliş yasagan yillardan biri böldi. Aynan şu yilining 23-iyunida rahbariyatning “Qöqon şahrida kunduzgi öqituvçilar bilimgohini taşkil etiş haqida”gi qarori e’lon qilindi. Qarorga muvofiq, 1939-yil 1-iyundan boşlab Qöqon şahrida 90 nafar talaba kontingentiga möljallangan kunduzgi davlat öqituvçilar instituti taşkil etildi. U öz faoliyatini 1939-yil 1-sentyabrdan boşladi. 1939–1940-öquv yiliga kelib, institutda jami 164 nafar talaba tahsil oldi. Ularning 71 nafari kunduzgi, 93 nafari esa keçki bölim talabalaridan iborat edi.

    1939 — Qöqon ta’lim tizimida yangi bosqiç
  4. 1943

    Xotin-qizlar öqituvçilar instituti

    1943-yil mart oyida hukumat qarori bilan Qöqon öqituvçilar instituti respublikada yagona xotin-qizlar öqituvçilar institutiga aylantirildi. Bu qaror institut ma’muriyati oldiga katta mas’uliyat va jiddiy vazifalarni qöydi. Öquv jarayonida ham sezilarli özgarişlar röy berdi. Xotin-qiz pedagoglarga zarur bölgan kasbiy könikmalarni şakllantiriş maqsadida öquv rejasiga şaxsiy va uy gigiyenasi, bolalar kasalliklari va ularni parvariş qiliş kabi yangi fanlar kiritildi. 1945-yilda institutda Pedagogika-psixologiya kafedrasining taşkil etilişi öquv faoliyatining yangi bosqiçi böldi.

    1943 — Xotin-qizlar öqituvçilar instituti
  5. 1945

    Qöqon davlat universiteti ötmişida sinovli yillar

    Uruş yillari… Hayotning eng oğir sinovlari taqdirni ham, taʼlimni ham sinovdan ötkazayotgan kezlar edi. Şunday paytda ham institut öz vazifasidan çekinmadi – maktablarni bilimdon va fidoyi pedagoglar bilan taʼminlaşni davom ettirdi. Statistik raqamlar özida butun bir tarixni mujassam etadi: 1941-yilda – 68, 1942-yilda – 96, 1943-yilda – 60, 1944-yilda – 62 va 1945-yilda – 66 nafar talaba institutni bitirib çiqdi. Öşa yillarda nafaqat bilim, balki non ham bebaho boylik edi. 1942-yil aprel oyida institut jamoasi uçun katta ahamiyatga ega bölgan qaror qabul qilindi: moddiy şaroitni yengillaştiriş maqsadida unga yordamçi xöjalik uçun 11 gektar yer ajratildi. Talabalar va ustozlar bir yoqadan boş çiqarib, bu yerlarga uruğ qadadilar. Natija esa hayratlanarli edi: 9 gektar yer özlaştirilib – 4 tonna jöxori, 4 tonna makkajöxori, 3,7 tonna moş, yarim tonna loviya, yarim tonna tariq, 1 tonna lavlagi, 9 tonna qovun-tarvuz va 1 tonnadan ortiq sabzi yetiştirildi. Bu möl hosil öqituvçi va talabalar dasturxonini töldiribgina qolmay, ularning maşaqqatli mehnatiga quvvat böldi.

    1945 — Qöqon davlat universiteti ötmişida sinovli yillar
  6. 1954

    Qöqon davlat xotin-qizlar pedagogika instituti

    Uruşdan keyingi oğir yillarda Qöqon öqituvçilar instituti rahbariyati oldida ulkan vazifa turardi. 1946-yilda kunduzgi bölimga 97 nafar, keçki bölimga esa 22 nafar talaba qabul qilindi. Ammo institutdagi talabalar soni 1960-yillargaça juda sekin ösdi. Bu davrda professor-öqituvçilar ham ilmiy izlanişlarga alohida eʼtibor bera boşladilar. 1951-yilda Özbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida Inomjon Rasulov dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. U institut tarixida yetişib çiqqan birinçi özbek olimi sifatida tarixda qoldi. 1954-yilda esa muhim qaror qabul qilindi: Ministrlar Soveti qaroriga binoan Qöqon xotin-qiz öqituvçilar instituti Qöqon davlat xotin-qizlar pedagogika instituti maqomiga kötarildi.

    1954 — Qöqon davlat xotin-qizlar pedagogika instituti
  7. 1970

    Yangilaniş va intilişga boy davrlar

    Institut 1970-yillarga kelib Farğona vodiysining yirik oliygohlaridan biriga aylandi. 1970–1971 öquv yilida uning tarkibida 6 ta fakultet va 17 ta kafedra faoliyat olib borar, 28 nafar fan nomzodi va dotsentlar ilmiy-pedagogik iş olib borar edi. Bu körsatkiçlar institutning nafaqat son, balki sifat jihatdan ham barqaror rivojlanayotganidan dalolat berardi. Şunday qilib, 1950–1970-yillar mobaynida institutning yöli sinovlar va yutuqlar, yangilaniş va taraqqiyot izlari bilan boyidi. Bu davr keyingi ön yilliklardagi ulkan muvaffaqiyatlar uçun mustahkam poydevor yarata boşladi.

    1970 — Yangilaniş va intilişga boy davrlar
  8. 1981

    Universitet taraqqiyotining muhim ramzi

    1981-yil Qöqon davlat universiteti tarixida muhim bosqiçlardan biri sifatida alohida örin tutadi. Aynan şu yilda universitetning 5 qavatli öquv binosi foydalanişga topşirildi. Mazkur bino öşa davr uçun nafaqat yirik ta’lim maskani, balki şaharning ilm-ma’rifat markazlaridan biri sifatida ham katta ahamiyat kasb etdi. Uşbu bino Qöqondagi oliy ta’lim rivojining ramzi sifatida qad rostladi.

    1981 — Universitet taraqqiyotining muhim ramzi
  9. 1990

    Milliy adabiyotimiz iftixori — Muqimiy yodgorligi

    1990-yil avgust oyida universitet öquv binosi röparasida özbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri bölgan şoir Muqimiy haykali örnatildi. Mazkur yodgorlik nafaqat buyuk ijodkor xotirasiga körsatilgan yuksak ehtirom, balki yoş avlodni milliy adabiyot va ma’naviy meros ruhida tarbiyalaş yölidagi muhim qadamlardan biri böldi.

    1990 — Milliy adabiyotimiz iftixori — Muqimiy yodgorligi
  10. 2003

    Jismoniy tarbiya fakulteti uçun yangi öquv binosi

    2003-yil Jismoniy tarbiya fakulteti uçun 270 örinli, 3 qavatli zamonaviy öquv binosi foydalanişga topşirildi. Mazkur bino sport ta’limi yönalişida tahsil olayotgan talabalar uçun keng imkoniyatlar eşigini oçdi. Yoruğ va şinam auditoriyalar, amaliy maşğulotlar uçun qulay şaroitlar hamda zamonaviy infratuzilma ta’lim jarayonining sifatini yanada oşirdi.

    2003 — Jismoniy tarbiya fakulteti uçun yangi öquv binosi
  11. 2003-2004

    Ilk magistrlar — yangi bosqiç sari

    2003-yilda Qöqon davlat universitetida Matematika-informatika, Fizika-astronomiya hamda Özbek tili va adabiyoti mutaxassisliklari böyiça ilk magistrlar öqişga qabul qilindi. Bu esa oliygoh tarixida ilmiy-pedagogik salohiyatni yanada mustahkamlaş yölidagi muhim qadamlardan biri böldi. 2004-yilga kelib universitetda 16 ta ta’lim yönalişida 6 mingdan ziyod talaba tahsil olar edi. Yoş avlodga 428 nafar pedagog ta’lim-tarbiya berib, oliygohning ilmiy va ma’naviy muhitini şakllantirişda munosib hissa qöşgan.

    2003-2004 — Ilk magistrlar — yangi bosqiç sari
  12. 2007

    9 qavatli bino universitet ixtiyoriga topşirildi

    2007-yilda Qöqon davlat universiteti infratuzilmasini kengaytiriş yölida muhim işlardan biri amalga oşirildi. Sobiq poyabzal fabrikasining 9 qavatli, 1 200 örinli binosi sotib olinib, mukammal qayta ta’mirlandi hamda Tarix fakulteti ixtiyoriga topşirildi.

    2007 — 9 qavatli bino universitet ixtiyoriga topşirildi
  13. 2010

    Kimyo-biologiya fakulteti uçun yangi bino

    2010-yilda Qöqon davlat universiteti moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş maqsadida yana bir muhim loyiha amalga oşirildi. 28-maktab binosi sotib olinib, mukammal qayta ta’mirlandi hamda 1 200 örinli zamonaviy öquv binosi sifatida Kimyo-biologiya fakulteti ixtiyoriga topşirildi.

    2010 — Kimyo-biologiya fakulteti uçun yangi bino
Qöqon davlat universiteti

Universitet tarixi

Rektorlar (1931-yildan)

X.Valishin

X.Valishin

1931-1936-yillar

F.S.Mayatskiy

F.S.Mayatskiy

1937-yil

V.I. Golseva

V.I. Golseva

1937-yil

D.M.Mejidov

D.M.Mejidov

1939-1941-yillar

I.Po‘latov

I.Po‘latov

1941-yil iyun

S.Sagatov

S.Sagatov

1941-yil

Pelisov

Pelisov

1943-yil

O‘.Askarova

O‘.Askarova

1944-yil mart oyidan - 1955-yil

M.Obidova

M.Obidova

1955-yil avgust - 1956-yil

I.Rasulov

I.Rasulov

1957-1972-yillar

R.Tursunov

R.Tursunov

1972-1973-yillar

Q.Boyko‘ziyev

Q.Boyko‘ziyev

1973-1986-yillar

X.Mavlonqulov

X.Mavlonqulov

1987-1991-yillar

I.Sulaymonov

I.Sulaymonov

1991-2000-yillar

I.Karimov

I.Karimov

2001-2005-yillar

V.Maxmudov

V.Maxmudov

2005-2011-yillar

X.Xonboboyev

X.Xonboboyev

2011-yil

A.Hakimov

A.Hakimov

2011-2016-yillar

A.Eminov

A.Eminov

2016-2020-yillar

M.Atadjanov

M.Atadjanov

2020-2021-yillar

Tarixiy suratlar

Tarixiy surat
Tarixiy surat
Tarixiy surat
Tarixiy surat
Tarixiy surat
Tarixiy surat
Tarixiy surat
Tarixiy surat
Tarixiy surat
Tarixiy surat
Tarixiy surat
Tarixiy surat
Tarixiy surat
Tarixiy surat
Tarixiy surat
Tarixiy surat
Tarixiy surat
Tarixiy surat
Tarixiy surat
Tarixiy surat
Tarixiy surat
Tarixiy surat
Tarixiy surat
Tarixiy surat