Davlat ramzlari
Özbekiston Respublikasining Davlat gerbi va Davlat bayroği haqida rasmiy maʼlumot.
Davlat gerbi
Gerb haqida umumiy maʼlumot
Davlat gerbi Özbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 616-XII-sonli «Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi töğrisida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi körinişga ega: toğlar, daryolar va söl tomoni buğdoy boşoqlaridan, öng tomoni esa çanoqlari oçilgan ğöza şoxlaridan iborat çambarga öralgan gullagan vodiy uzra quyoş zarrin nurlarini soçib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburçak tasvirlangan bölib, uning içki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo quşi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğini ifoda etuvçi çambar lentasining bantida «Özbekiston» deb yozib qöyilgan.
Özbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli körinişida: Humo quşi va daryolar — kumuş rangida; quyoş, boşoqlar, paxta çanoqlari va «Özbekiston» yozuvi — oltin rangida; ğöza şoxlari va barglari, toğlar va vodiy — yaşil rangda; çanoqlardagi paxta — oq rangda; lenta — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğining ranglarini aks ettiruvçi uç xil rangda; sakkizburçak — oltin zarhal bilan hoşiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar — oq rangida tasvirlangan.
Gerb belgilari
- 1
Daryolar, buğdoy, paxta
Baland toğlar orasidan oqayotgan daryolar – hayot boqiyligi ramzi bölsa, gerbning söl tomonidagi buğdoy boşoqlari rizq-rözimiz butunligini, öng tomonidagi qiyğos oçilgan paxta yurtdoşlarimiz qalbi, niyati pokligini, beqiyos boyliklarni aks ettiradi.
- 2
Sakkizburçak va yarim oy
Gerbning yuqori qismida mamlakat jipsligining ramzi sifatida sakkizburçak tasvirlangan. Musamman içidagi yarim oy – qölga kiritilgan mustaqilligimizni, yulduz xalqimiz hamişa komillikka intilişi va saodatga eltuvçi yölni tanlaganini bildiradi. Bu timsollar milliy anʼana va qadriyatlarimizning boqiyligi, maʼnaviyatimiz yuksakligi, iroda va eʼtiqodimiz mustahkamligi ramzi hisoblanadi.
- 3
Quyoş
Davlat gerbida gullagan vodiy uzra nur soçayotgan quyoş tasviri zaminimizning serquyoşligiga, xalqimiz intilayotgan nurafşon manzillarga işoradir.
- 4
Humo quşi
Gerbning markazidagi qanotlarini keng yoyib turgan Humo quşi qadimdan baxt va davlat quşi, erk, saodat, himmat, oliyjanoblik, omad timsoli hisoblangan. Hazrat Alişer Navoiy "Lisonut-tayr" dostonida Humoni baxt va iqbol, ezgulik va uluğvorlik keltiruvçi quş sifatida tasvirlagan.
- 5
Şior lentasidagi tasvir va yozuvlar
Davlatimiz gerbining pastki qismida lentasidagi tasvir va yozuvlar – bu boy («Özbekiston» yozuvining oltin rangi) xalq va davlatning nomi Özbekiston deb atalişidan dalolatdir.
Davlat gerbidan foydalaniş
"Özbekiston Respublikasining Davlat gerbi töğrisida"gi qonunda ham mamlakatimiz fuqarolari, Özbekistonda istiqomat qiladigan barça şaxs davlatimiz gerbini hurmat qilişlari şart ekani belgilab qöyilgan. 2010-yil 25-dekabrdan kuçga kirgan "Özbekiston Respublikasining davlat ramzlari haqidagi ayrim qonun hujjatlariga va Özbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida"gi qonunda davlat gerbidan foydalaniş qoidalari belgilab qöyilgan.
Davlat bayroği
Bayroq haqida umumiy maʼlumot
Mustaqil Özbekiston Respublikasining "Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida"gi Qonuni 1991-yil 18-noyabrda Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining navbatdan taşqari ötkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan va şundan buyon har yili 18-noyabr kuni Davlat bayroği qabul qilingan kun sifatida yurtimizda nişonlanadi. Davlat bayroği Özbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi 407-XII-sonli «Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida»gi qonuni bilan tasdiqlangan.
Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği - bayroqning butun uzunligi böylab ötgan töq moviy rang, oq rang va töq yaşil rangli uçta endan tarkib topgan töğri törtburçak şaklidagi mato hisoblandi.
Bayroq belgilari
- 1
Moviy rang
Bayroqdagi töq moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu - yaxşilikni, donişmandlikni, halollikni, şon-şuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayroğining rangi ham moviy rangda edi.
- 2
Oq rang
Bayroqdagi oq rang - muqaddas tinçlik ramzi bölib, u kun çaroğonligi va koinot yoritkiçlari bilan uyğunlaşib ketadi. Oq rang – poklik, beğuborlik, soflikni, orzu va xayollar tozaligi, içki gözallikka intilişning timsoli.
- 3
Yaşil rang
Yaşil rang – tabiatning yangilaniş ramzi. U köpgina xalqlarda navqironlik, umid va şodlik timsoli hisoblanadi.
- 4
Qizil çiziqlar
Qizil çiziqlar vujudimizda jöşib oqayotgan ajdodlar qoni - hayotiy qudrat, barqarorlik va bardavomlik nişonasidir.
- 5
Oq rangli yangi oy
Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy anʼanalarimiz bilan boğliq. Ayni paytda u qölga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.
- 6
Yulduzlar
Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğidagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy anʼanalarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning ön ikki yulduzga bölgan eʼtiborimiz Özbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. Davlat bayroğimizdagi 12 yulduz tasvirini özbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, öz tuproğida saodatga intilişi ramzi sifatida tuşuniş lozim.
Davlat bayroğidan foydalaniş
Bayroq va uning tasviri tuşirilgan belgilardan foydalaniş "Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida"gi Qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi Qonun (ÖRQ–853-son, 2023-yil 7-iyul) bilan tartibga solinadi.
Yangilangan: 2026-yil 25-oktabr

