Xorijiy tillar nazariyasi kafedrasi
Xorijiy filologiya fakulteti
Kafedra tarixi
Qöqon davlat universiteti Xorijiy tillar nazariyasi kafedrasi Xorijiy filologiya fakultetining Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi ikkiga — Xorijiy tillar metodikasi va Xorijiy tillar nazariyasi kafedralariga bölinişi natijasida şakllangan.
Kafedra tarixiga nazar taşlasak, u 2024-yilda taşkil etilib, “Xorijiy tillar nazariyasi” kafedrasi deb nomlangan. 2024–2025-yillarda kafedrani katta öqituvçi Muxamedjanov Farxod Mansuroviç boşqargan. 2025-yil avgustdan 2025-yil dekabrgaça katta öqituvçi, f.f.f.d. (PhD) Tuxtasinova Zilola Mukumovna kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritgan. 2026-yil yanvar oyidan boşlab katta öqituvçi, f.f.f.d. (PhD) Ismailova Xilola Inomovna kafedra mudiri vazifasini bajarib kelmoqda.
2025-yil aprel oyida kafedralar yana Filologiya fakulteti tarkibida “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi nomi ostida birlaştirilib, öz faoliyatini davom ettirgan. 2025-yil sentabr oyidan boşlab esa kafedra qayta “Xorijiy tillar nazariyasi” kafedrasi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda. Kafedra öz faoliyatida ingliz tilini zamonaviy ehtiyojlarga mos ravişda rivojlantiriş, taʼlim va ilmiy tadqiqotlarni çuqurlaştiriş hamda ilmiy salohiyatga ega kadrlar tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Qöqon davlat universiteti “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi taşkil etilganidan buyon bir qator tajribali ustozlar rahbarlik qilgan bölib, ularning faoliyati kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyatini oşirişda muhim ahamiyat kasb etgan:
- 2002–2005 — katta öqituvçi L.K. Ismoilova
- 2005–2007 — katta öqituvçi M.M. Ahmedov
- 2007–2008 — katta öqituvçi Ş.N. Rahimov
- 2008–2014 — katta öqituvçi, PhD A. Ziyayev
- 2015–2016 — katta öqituvçi O. Bektoşev
- 2016–2020 — katta öqituvçi E. Yusufaliyev
- 2020–2024 — dotsent, PhD O. Bektoşev
- 2024–2025 — dotsent, PhD V.V. Karimova
Missiya
Xorijiy tillar nazariyasi kafedrasining missiyasi — zamonaviy lingvistik nazariyalar asosida xorijiy tillarni ilmiy jihatdan çuqur örganiş, yuqori malakali, raqobatbardoş filolog va tadqiqotçilarni tayyorlaş, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantiriş hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, mustaqil fikrlovçi mutaxassislarni şakllantirişdan iborat.
Yutuqlar
Hozirda Xorijiy tillar nazariyasi kafedrasida 1 nafar professor (f.f.d., DSc), 4 nafar dotsent (f.f.f.d., PhD), 2 nafar ilmiy darajali katta öqituvçi (PhD), 4 nafar ilmiy darajasiz katta öqituvçi, 1 nafar ilmiy darajali assistent öqituvçi (PhD), 7 nafar ilmiy darajasiz assistent öqituvçi hamda 7 nafar stajyor-öqituvçi faoliyat yuritmoqda. Kafedra jamoasining asosiy qismini yoş öqituvçilar taşkil etadi. Jami 27 nafar professor-öqituvçidan 1 nafari içki örindoş, 5 nafari taşqi örindoş (doktorant), 21 nafari esa asosiy ştatda işlaydi.
Yoş öqituvçilarga professor f.f.d. (DSc) Ziyayev A.Z., dotsent f.f.f.d. (PhD) Bektaşev O.B., katta öqituvçilar f.f.f.d. (PhD) Tuxtasinova Zilola Mukumovna va Ismailova Xilola Inomovna, şuningdek katta öqituvçilar Jörayeva Z. va Sodiqova S. biriktirilgan bölib, ular yoş pedagoglarga ilmiy, pedagogik va uslubiy jihatdan muntazam yöl-yöriq körsatib kelmoqdalar.
Ilmiy-tadqiqot işlari yönalişida ham kafedrada bir qator ijobiy natijalarga erişilgan. Kafedra taşkil etilgandan söng 2024–2025-yillarda 5 nafar öqituvçi filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Bugungi kunda kafedraning barça professor-öqituvçilari öz dissertatsiya mavzulari böyiça ilmiy tadqiqot işlarini olib bormoqda. Xususan, Xorijiy filologiya fakulteti dekani, assistent-öqituvçi Muxamedjanov Farxod Mansuroviç, katta öqituvçi Xoşimova D.R., assistent-öqituvçi Nişonova Ş.N. hamda stajyor-öqituvçi Boboyeva M.M. 2026-yilda dissertatsiya işlarini himoya qilişni rejalaştirgan.
Kafedra xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratib, bir qator xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan samarali aloqalar örnatgan. Jumladan, Abai Kazakh National Pedagogical University, Al-Farabi Kazakh National University, Oş State University, Uzbek-Kyrgyz State University hamda Tojikiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik yölga qöyilgan.
Mazkur hamkorlik doirasida professor-öqituvçilar muntazam ravişda xorijiy universitetlarda stajirovka va malaka oşiriş kurslarida iştirok etib kelmoqdalar. Bu jarayon ularning ilmiy-pedagogik salohiyatini oşiriş, zamonaviy pedagogik tajribalarni özlaştiriş hamda taʼlim sifatini yanada yaxşilaşga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyati 30 foizni taşkil etadi va bu körsatkiç yildan-yilga oşib bormoqda, bu esa taʼlim sifati hamda ilmiy-tadqiqot samaradorligini yanada rivojlantirişga xizmat qilmoqda.
Mudir haqida
2025-yil 30-dekabrdan — Qöqon davlat universiteti Xorijiy tillar nazariyasi kafedrasi mudiri.
1978-yil 29-aprelda Farğona viloyati, Qöqon şahrida tuğilgan. Millati — özbek. Maʼlumoti — oliy. 1999-yilda Qöqon davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — ingliz tili. Filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD). Ilmiy unvoni yöq. Rus va ingliz tillarini biladi. Harbiy maxsus unvoni yöq. Davlat va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlanmagan. Xalq deputatlari kengaşlari yoki boşqa saylanadigan organlarning aʼzosi emas.
Mehnat faoliyatini 1995-yilda Qöqon davlat pedagogika instituti talabasi sifatida boşlagan. 1999–2015-yillarda mazkur institutning Ingliz filologiyasi kafedrasida stajyor-öqituvçi lavozimida faoliyat yuritgan. 2015–2023-yillarda Qöqon davlat pedagogika institutining Ingliz tili va adabiyoti kafedrasida stajyor-öqituvçi sifatida işlagan. 2024-yilda uşbu kafedrada assistent-öqituvçi lavozimida faoliyat olib borgan. 2025-yilda Qöqon davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasida assistent-öqituvçi bölib işlagan. 2026-yildan boşlab Qöqon davlat universiteti Xorijiy tillar nazariyasi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş