Xorijiy tillar metodikasi kafedrasi
Xorijiy filologiya fakulteti
Kafedra tarixi
Qöqon davlat universiteti “Xorijiy tillar metodikasi” kafedrasi tarixi Qöqon davlat pedagogika institutining Maktabgaça va boşlanğiç taʼlimda xorijiy til kafedrasi faoliyati bilan çambarças boğliqdir.
Kafedra professor-öqituvçilari dastlabki yillardan boşlab Maktabgaça va boşlanğiç taʼlimda xorijiy til yönalişi böyiça tahsil olayotgan talabalarga ingliz tilini öqitiş metodikasidan saboq berib kelişgan. Hozirgi kunga qadar ingliz tili mutaxassisligi böyiça tahsil olayotgan talabalarga çet tilini öqitişning amaliy va metodik jihatlari öqitib kelinmoqda.
Ötgan davr mobaynida kafedraga filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD), dotsent Ergaşev Muhammadjon Raxmonoviç hamda filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD), dotsent Karimova Vasila Vahobovna mudirlik qilganlar. Uşbu davrda talabalar ingliz tili böyiça yozma va oğzaki nutqini rivojlantirişga qaratilgan bir qator metodik yangiliklar joriy etilgan.
2020–2023-yillarda kafedra mudiri sifatida Ergaşev Muhammadjon Raxmonoviç faoliyat yuritgan. Bu davrda Maktabgaça va boşlanğiç taʼlimda xorijiy til yönalişi böyiça taʼlim jarayonini taşkil etiş, rejalaştiriş, boşqariş va baholaşning konseptual asoslari işlab çiqilgan.
2024–2025-yillarda kafedra mudiri vazifasini Karimova Vasila Vahobovna bajargan. Uşbu davrda ingliz tilini öqitişda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etişga alohida eʼtibor qaratilgan, şuningdek, kasbiy taʼlim yönalişi böyiça taʼlim standartlarini takomillaştiriş işlari olib borilgan.
2025-yil sentabr oyidan boşlab kafedraga Najmeddinov Ahmad Rahmatoviç rahbarlik qilib kelmoqda.
Missiya
Xorijiy tillar metodikasi kafedrasining missiyasi — zamonaviy taʼlim standartlari asosida xorijiy tillarni öqitişning ilmiy-metodik asoslarini rivojlantiriş, yuqori malakali, raqobatbardoş pedagog kadrlarni tayyorlaş, taʼlim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etiş hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, ijodkor va mustaqil fikrlovçi mutaxassislarni şakllantirişdan iborat.
Yutuqlar
Bugungi kunda “Xorijiy tillar metodikasi” kafedrasida 30 nafar professor-öqituvçi faoliyat yuritmoqda. Ularning 10 nafari PhD, 6 nafari dotsent, 2 nafari katta öqituvçi, 7 nafari assistent-öqituvçi va 5 nafari stajyor-öqituvçilardir.
Kafedra ilmiy-uslubiy yönalişlar böyiça quyidagi xorijiy va mahalliy oliy taʼlim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini örnatgan:
- National University of Singapore
- George Washington University
- Universiti Teknologi MARA
- Çandigarh University
- Al-Farabi Kazakh National University
- South Kazakhstan University named after M. Auezov
- Kh.Dosmukhamedov Atyrau University
- Şakarim University
- NILE Norwich Institute for Language Education
- Sultan Idris Education University
- Marmara University
- Tokat Gaziosmanpasa University
- National University of Uzbekistan
- Samarkand State University
- Andijan State Institute of Foreign Languages
Kelajakda kafedrada xorijiy talabalar uluşini oşiriş maqsadida hamkor oliy taʼlim muassasalari bilan qöşma taʼlim dasturlarini yölga qöyiş, qöşma ilmiy tadqiqotlar olib boriş hamda talaba almaşinuv dasturlarini kengaytiriş rejalaştirilgan.
Mudir haqida
Najmeddinov Ahmad Rahmatoviç 2025-yil 2-apreldan boşlab Qöqon davlat universiteti Xorijiy tillar metodikasi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritadi. U 1983-yil 17-yanvarda Farğona viloyati Qöqon şahrida tuğilgan, millati özbek, Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi. Oliy maʼlumotli bölib, 2011-yilda Toşkent davlat pedagogika universitetini ingliz tili mutaxassisligi böyiça tamomlagan. Filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD), dotsent ilmiy unvoniga ega. Rus va ingliz tillarini biladi.
Uning mehnat faoliyati 2001-yilda boşlangan. 2001–2005-yillarda Qöqon davlat pedagogika instituti talabasi, 2005–2009-yillarda maxsus maktab-internatda öqituvçi, 2009–2011-yillarda magistratura talabasi bölgan. 2011–2014-yillarda öqituvçi-stajyor, 2014-yilda Toşkent davlat yuridik universitetida öqituvçi, söngra Qöqon davlat pedagogika institutida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2014–2017-yillarda dekan örinbosari va dekan vazifasini bajaruvçi, 2017–2018-yillarda kafedra öqituvçisi, 2018–2024-yillarda xalqaro hamkorlik bölimi boşliği, 2024–2025-yillarda kafedra mudiri bölgan. 2025-yildan hozirgaça Xorijiy tillar metodikasi kafedrasiga rahbarlik qilmoqda.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş