Fakultetlararo tillar kafedrasi
Xorijiy filologiya fakulteti
Kafedra tarixi
Qöqon davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti tarkibidagi Fakultetlararo tillar kafedrasi 1995-yil sentabr oyida “Fakultetlararo çet tillar” kafedrasi nomi bilan taşkil etilgan. Uşbu kafedra universitetning barça yönalişlarida çet tillarini öqitiş imkoniyatini yaratib, xorijiy tillar taʼlimini rivojlantirişga xizmat qildi.
1995–1998-yillarda kafedra “Fakultetlararo çet tili” nomi ostida faoliyat yuritdi. Bu davrda çet tilini öqitişning kommunikativ yondaşuvlari asosida malakali mutaxassislar tayyorlaş yölga qöyildi.
2022–2024-yillarda kafedra “Fakultetlararo tillar” nomi bilan faoliyat olib bordi. Uşbu davrda ingliz tili, amaliy özbek va rus tili hamda “Davlat tilida iş yuritiş” fanlari barça yönalişlarga öqitildi.
2024–2025-öquv yilida kafedra “Xorijiy tillar” nomi ostida faoliyat yuritdi. 2025–2026-öquv yilining sentabr oyidan boşlab esa “Fakultetlararo tillar” kafedrasi nomi bilan qayta taşkil etilib, öz faoliyatini davom ettirmoqda. Kafedrada Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili) yönalişi mavjud bölib, uşbu yönalişda nemis tili va adabiyotiga oid fanlar çuqur öqitilmoqda.
Şuningdek, kafedra tomonidan quyidagi fanlar barça yönalişlarga qamrovli tarzda öqitiladi: Xorijiy til, Kasbiy sohada xorijiy tillar (ECTS), Amaliy xorijiy til, Sportda xorijiy til, Ikkinçi xorijiy til, Özbek tilining sohada qöllanilişi, Akademik yozuv, Kasbiy nutq madaniyati, Nutq madaniyati, Amaliy özbek (rus) tili, Davlat tilida iş yuritiş, Hozirgi özbek (rus) adabiy tili va boşqalar. Uşbu fanlar taʼlim va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini çuqurlaştirişga hamda tilşunoslik sohasida malakali mutaxassislar tayyorlaşga xizmat qiladi.
1995–1998-yillarda kafedraga filologiya fanlari nomzodi, dotsent Salieva M.Y. rahbarlik qilgan.
1998–2004-yillarda dotsent F.M. Tillahodjayeva kafedra mudiri bölgan.
2004–2006-yillarda katta öqituvçi A.I. Ziyaev rahbarlik qilgan.
2006–2012-yillarda katta öqituvçi Z.H. Masodiqova kafedra mudiri bölgan.
2012–2017-yillarda katta öqituvçi E.M. Yusufaliyev kafedrani boşqargan.
2017–2022-yillarda katta öqituvçi Q.A. Ismoilov rahbarlik qilgan.
2022–2025-yillarda filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD), dotsent S. Alimsaidova kafedra mudiri bölgan.
2025-yil avgust oyidan boşlab filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) E. Yusufaliyev kafedra mudiri etib tayinlangan va hozirgi kunda ham faoliyat yuritmoqda.
Missiya
Fakultetlararo tillar kafedrasining missiyasi — zamonaviy taʼlim standartlari asosida xorijiy va ona tilini çuqur örgatiş, kommunikativ kompetensiyaga ega, raqobatbardoş mutaxassislarni tayyorlaş, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantiriş hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, mustaqil fikrlovçi şaxslarni tarbiyalaşdan iborat.
Yutuqlar
Fakultetlararo tillar kafedrasi öz faoliyatida xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga katta eʼtibor qaratib, bir qator xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan samarali aloqalar örnatgan. Jumladan, Qozoğiston Respublikasining Al-Farabi Kazakh National University, Malayziyaning Sultan Idris Education University hamda Finlandiyaning University of Jyväskylä bilan hamkorlik munosabatlari yölga qöyilgan.
Mazkur hamkorlik doirasida kafedra professor-öqituvçilari uşbu xorijiy oliy taʼlim muassasalarida malaka oşiriş va stajirovka dasturlarida iştirok etib kelmoqdalar. Bu jarayon ularning ilmiy-pedagogik malakasini oşirişga, zamonaviy pedagogik va ilmiy tajribalarni özlaştirişga xizmat qilmoqda. Şuningdek, uşbu hamkorlik kafedra jamoasining xalqaro ilmiy maydondagi faolligini oşiriş hamda taʼlim jarayonini zamonaviy standartlar asosida taşkil etişga imkon yaratmoqda.
Fakultetlararo tillar kafedrasida 42 nafar professor-öqituvçi faoliyat yuritadi. Ularning 35 nafari asosiy ştatda, 5 nafari içki örindoşlik, 2 nafari taşqi örindoşlik asosida işlaydi. Şulardan 1 nafari fan nomzodi, 12 nafari esa falsafa doktori (PhD) hisoblanadi. Kafedraning ilmiy-pedagogik jamoasi yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlangan bölib, ilmiy salohiyat darajasi 40 foizni taşkil etadi va bu körsatkiç yildan-yilga oşib bormoqda. Bu esa taʼlim sifati va ilmiy-tadqiqot işlari samaradorligini yanada oşirişga xizmat qilmoqda.
Mudir haqida
2025-yil 26-avgustdan — Qöqon davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fakultetlararo tillar kafedrasi mudiri.
1980-yil 18-avgustda Farğona viloyati, Furqat tumanida tuğilgan. Millati — özbek. Maʼlumoti — oliy. 2002-yilda Özbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavriat bosqiçini, 2005-yilda esa magistratura bosqiçini tamomlagan. Mutaxassisligi — iqtisodçi. Filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD). Ilmiy unvoni — katta öqituvçi. Nemis va rus tillarini biladi. Harbiy maxsus unvoni yöq. Davlat va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlanmagan. Xalq deputatlari kengaşlari yoki boşqa saylanadigan organlarning aʼzosi emas.
Mehnat faoliyatini 1998-yilda Özbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi sifatida boşlagan. 2003–2005-yillarda mazkur universitet magistratura bosqiçida tahsil olgan. 2005–2007-yillarda Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Olmos” aloqa tarmoğida yetakçi mutaxassis lavozimida faoliyat yuritgan. 2008–2009-yillarda Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazida kunduzgi bölim aspiranti bölgan. 2009–2010-yillarda Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Olmos” aloqa tarmoğida örindoşlik asosida yetakçi mutaxassis sifatida işlagan. 2010–2012-yillarda Qöqon davlat pedagogika instituti Çet tillar kafedrasida öqituvçi bölib faoliyat yuritgan. 2012–2013-yillarda mazkur kafedra mudiri vazifasini bajaruvçi lavozimida işlagan. 2013–2017-yillarda Qöqon davlat pedagogika institutining Çet tillar va Fakultetlararo çet tillar kafedrasi mudiri bölib faoliyat olib borgan. 2017–2018-yillarda Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvçi lavozimida işlagan. 2018–2020-yillarda Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri bölgan. 2020–2021-yillarda uşbu kafedrada öqituvçi sifatida faoliyat yuritgan. 2021–2022-yillarda Fakultetlararo çet tillari kafedrasida öqituvçi bölib işlagan. 2022–2025-yillarda Maktabgaça va boşlanğiç taʼlimda ingliz tili kafedrasida katta öqituvçi lavozimida faoliyat olib borgan. 2025-yildan Qöqon davlat universiteti Xorijiy tillar kafedrasida katta öqituvçi sifatida işlagan. 2025-yil 26-avgustdan boşlab Qöqon davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fakultetlararo tillar kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş