Psixologiya kafedrasi
Pedagogika va psixologiya fakulteti
Kafedra tarixi
Qöqon davlat universiteti Psixologiya kafedrasi tarixi pedagogika kafedrasi bilan hamkorlikda 1945-yil fevral oyidan boşlangan. 1980-yilda mustaqil Psixologiya kafedrasi taşkil etildi. Dastlabki davrlarda kafedraga Z. Kuliyev, R. F. Ratner, keyinçalik O. M. Muhammadjonov, A. O. Omonov, N. Yoqubov va B. Ya. Ortiqov rahbarlik qilgan. 1985-yil oxiridan boşlab kafedrani psixologiya fanlari nomzodi, dotsent M. E. Zufarova boşqargan.
Kafedrada öquv jarayonini takomillaştiriş, öquv xonalarini zamonaviy texnika bilan jihozlaş, psixologik laboratoriyalar taşkil etiş hamda malakali mutaxassislar tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratilgan.
M. E. Zufarova “7 yoşli bolalarni psixologik jihatdan maktab taʼlimiga tayyorlaş” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan hamda 1970-yilda unga dotsent unvoni berilgan.
Kafedra aʼzolaridan Z. Yu. Yoqubova “Yuqori sinf öquvçilarida şaxsiy va maxsus qobiliyatlarning yönalişi” (1988), V. G. Gorobets “Şaxs xususiyatlarini idrok etişning kognitiv şakllaniş şartlari va xususiyatlari” (1989), S. O. Obidjonova “Maktabgaça yoşdagi bolalarda fazoviy tasavvurlar rivojida obrazli va nutqiy vositalar nisbati” (1990), M. T. Qöçqorov esa “Ösmirlik davrining turli bosqiçlarida mehnatga munosabat motivlarining rivojlanişi” (1991) mavzularida nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Kafedra aʼzolari individual ilmiy işlardan taşqari “Umumiy taʼlim va hunar maktablarini isloh qiliş asosida boşlanğiç sinflarda öquv jarayonini takomillaştiriş va faollaştirişning psixologik asoslari” kompleks mavzusi böyiça ham ilmiy tadqiqotlar olib borganlar.
1985-yildan boşlab kafedra Qöqon şahridagi 29-maktab bazasida, 1989-yildan esa şahar va tuman maktablarida pedagogik kasbga yönaltirilgan “Pedagogik sinflar”ni taşkil etib, muntazam maşğulotlar olib borgan. Uşbu sinflarda 7–10-sinf öquvçilari bilan pedagogik kasbga qiziqişni şakllantiriş, yoş davrlari psixologiyasi, pedagogik adabiyotlar va kinofilmlar tahlili orqali kasbiy könikmalarni rivojlantiriş işlari amalga oşirilgan. Şuningdek, bolalar boğçalari va maktablarda amaliy maşğulotlar orqali muloqot könikmalari mustahkamlangan.
Kafedra öqituvçilari şahar va tuman maktablarida psixologik xizmatni yölga qöyiş, taʼlim islohotlarini qöllab-quvvatlaş hamda ilmiy-metodik anjumanlar taşkil etişda faol iştirok etganlar.
Kafedra aʼzolari respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda ham muntazam qatnaşib kelgan. Jumladan, M. E. Zufarova psixologlarning IV syezd delegati bölgan hamda XV pedagogik öqişlarda “6 yoşli bolalarni taʼlim-tarbiya jarayonida psixologik rivojlantiriş xususiyatlari” mavzusida maʼruza qilgan va “Özbekiston xalq maorifi aʼloçisi” unvoniga sazovor bölgan.
1989-yilda V. G. Gorobetsning Moskva şahrida SSSR Fanlar akademiyasi I. P. Pavlov nomidagi institutda N. I. Çupikova bilan hammualliflikda ilmiy maqolasi çop etilgan. S. O. Obidjonova esa Ivanovo şahrida ötkazilgan xalqaro konferensiyada “Nutq ontogenezida ona va xorijiy tilni özlaştirişning psixolingvistik asoslari” mavzusida maʼruza qilgan.
Kafedra talabalari ham ilmiy musobaqalarda faol iştirok etib, 1978-yilda 2-örin, 1988-yilda esa 1-örinni egallagan. Ayrim talabalar respublika va ittifoq miqyosidagi faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
Kafedraga 1980-yillargaça A. Amanov, 1980–1994-yillarda M. Zufarova, 1994–1997-yillarda M. Qöçqorov, 1997–2004-yillarda D. M. Mirzajonova, 2004–2013-yillarda M. M. Umarova rahbarlik qilgan. 2013-yildan hozirga qadar kafedrani psixologiya fanlari nomzodi, professor D. A. Saliyeva boşqarib kelmoqda.
2015-yil mart oyida Pedagogika va psixologiya kafedrasi taşkil etilib, hozirda unda 21 nafar professor-öqituvçi faoliyat yuritmoqda. Ulardan bir qismi psixologiya fanlari nomzodi va PhD darajasiga ega bölib, qolganlari katta öqituvçi, öqituvçi va stajyor-öqituvçi lavozimlarida işlaydi.
Bugungi kunda Psixologiya kafedrasi universitet nizomi asosida faoliyat yuritib, taʼlim, ilmiy-tadqiqot va metodik işlarni izçil amalga oşirmoqda.
Missiya
Psixologiya kafedrasining missiyasi — zamonaviy bilim va kasbiy kompetensiyalarga ega, yuqori malakali psixolog mutaxassislarni tayyorlaş, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantiriş hamda jamiyatda psixologik madaniyatni yuksaltirişga xizmat qilişdan iborat.
Kafedra taʼlim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etiş, talabalarning ilmiy-amaliy könikmalarini şakllantiriş va milliy hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirişga alohida eʼtibor qaratadi. Şuningdek, psixologiya fanini rivojlantiriş, yoş avlodning intellektual salohiyatini oşiriş hamda taʼlim va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat sifatini takomillaştirişni maqsad qiladi.
Yutuqlar
Kafedra professor-öqituvçilari tomonidan jami 16 ta darslik, 10 ta öquv qöllanma va 8 ta monografiya tayyorlangan. Kafedraning institut Axborot-resurs markazi bilan hamkorlikda bakalavriat taʼlim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklarining adabiyotlar bilan taʼminlanganlik holatini nazorat qiliş tizimi yölga qöyilgan.
Bakalavriat taʼlim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari uçun xorijiy adabiyotlarni tarjima qiliş hamda xorijiy olimlar bilan hamkorlikda öquv adabiyotlarini yaratiş böyiça reja işlab çiqilgan bölib, uni 2026-yil iyun oyida yakunlaş közda tutilgan. Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş orqali taʼlim sifatini oşiriş maqsadida kafedra professor-öqituvçilarining malaka oşiriş jarayonlari rejali asosda taşkil etilgan va bugungi kunga qadar izçil davom ettirilmoqda.
Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-öqituvçilarning ilmiy salohiyatini oşiriş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, yoş öqituvçilardan S. Omonova 2024-yil aprel oyida ilmiy tadqiqot işini yakunlagan, D. Yulçiboyeva, N. Yunusaliyeva va N. Abdullayevalarning ilmiy-tadqiqot işlari yakuniy bosqiçda turibdi.
Kafedra professor-öqituvçilaridan D. Saliyeva va N. Jurayev 2024-yil avgust–sentyabr oylarida professorlik unvonini olgan bölib, hozirda DSc ilmiy darajasi ustida izlaniş olib bormoqdalar.
Kafedra öqituvçisi Ş. Ibragimova psixologiya fanlari nomzodi, professor D. A. Saliyeva rahbarligida “Maktabgaça taʼlim yoşidagi bolalarda axloqiy ong va xulqiy fazilatlarni şakllantirişning psixologik xususiyatlari” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. U bugungi kunga qadar mavzuga oid davlat siyosati, ilmiy adabiyotlar va nazariy manbalarni örganib, maqola va tezislarini çop ettirib kelmoqda.
Kafedra öqituvçisi O. Rahmonova “Şaxsda kibr namoyon bölişining psixologik xususiyatlari” mavzusida ilmiy izlaniş olib bormoqda. U ham mavzuga oid ilmiy adabiyotlar va nazariyalarni örganib, maqola va tezislarini naşr etib kelmoqda.
2025-yil 11–14-may kunlari Rossiya Federatsiyasi Ural davlat pedagogika universiteti Psixologiya instituti direktori Maksimova Lyudmila Aleksandrovna tomonidan bakalavriat va magistratura yönalişlari talabalari uçun 14 soatlik maʼruza va amaliy maşğulotlar ötkazildi. Uşbu taşrif davomida hamkorlik aloqalarini kengaytiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.
Şuningdek, 2025-yil 14–15-may kunlari kafedra tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya taşkil etildi. “Xalqaro tajribalar asosida psixologiya ilmining dolzarb muammolariga yeçimlar” mavzusidagi uşbu anjuman yuqori saviyada, xalqaro iştirokçilar iştirokida ötkazildi.
Mudir haqida
Solieva Dilorom Abdullayevna 1975-yil 11-avgustda Farğona viloyati Qöqon şahrida tuğilgan. Millati — özbek, partiyaviyligi yöq. Oliy maʼlumotli bölib, 1997-yilda Qöqon davlat pedagogika institutini kunduzgi taʼlim şaklida tamomlagan. Mutaxassisligi — boşlanğiç taʼlim metodikasi.
Ilmiy darajasi — psixologiya fanlari nomzodi, ilmiy unvoni — professor. Rus tilini biladi. Davlat va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlanmagan. Saylanadigan organlar aʼzosi emas.
Mehnat faoliyatini 1992–1997-yillarda Qöqon davlat pedagogika institutida talabalikdan boşlagan. 1997–1998-yillarda Qöqon şahridagi 22-umumiy örta taʼlim maktabida, 1998–2002-yillarda 1-umumiy örta taʼlim maktabida öqituvçi bölib işlagan. 2002–2012-yillarda Qöqon davlat pedagogika instituti Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasida öqituvçi, 2012–2013-yillarda katta öqituvçi lavozimida faoliyat yuritgan.
2013-yilda kafedra mudiri vazifasini bajaruvçi, 2013–2015-yillarda Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri bölgan. 2015–2019 va 2019–2024-yillarda Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri lavozimida işlagan. 2024–2025-yillarda Psixologiya kafedrasi mudiri bölgan. 2025-yil 2-apreldan hozirgi kunga qadar Qöqon davlat universiteti Psixologiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş