Maktabgaça taʼlim kafedrasi
Pedagogika va psixologiya fakulteti
Kafedra tarixi
Qöqon davlat universitetining Maktabgaça taʼlim kafedrasi özining boy va uzoq yillik tarixiga ega bölib, uning şakllanişi va rivojlaniş bosqiçlari respublikada maktabgaça taʼlim tizimi taraqqiyoti bilan çambarças boğliqdir.
Kafedra dastlab 1945-yil fevral oyida “Maktabgaça tarbiya pedagogikasi” nomi ostida taşkil etilgan bölib, unga Z. Qulliyev rahbarlik qilgan. Keyingi yillarda taʼlim tizimidagi islohotlar natijasida kafedra faoliyati izçil rivojlanib bordi. 1973-yilda Özbek tili va adabiyoti fakulteti tarkibida “Maktabgaça tarbiya” guruhi taşkil etildi. 1974-yilda uşbu yönaliş Boşlanğiç taʼlim metodikasi guruhi bilan birlaştirilib, mustaqil pedagogika fakulteti şakllantirildi. Şu davrda kafedraga Z. A. Kalonxöjayeva rahbarlik qilgan.
1987-yilda kafedra “Maktabgaça tarbiya metodikasi” nomi bilan qayta taşkil etilib, S. Nabiyeva tomonidan boşqarilgan. 1998–2000-yillarda S. Obidjonova kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
2001–2003-yillarda “Maktabgaça taʼlim” kafedrasi Boşlanğiç taʼlim metodikasi kafedrasi negizida qayta taşkil etilib, S. Tuyçiyev rahbarlik qilgan. Keyingi yillarda kafedra M. Tolipov, N. Erkaboyeva, S. Nabiyeva, N. Xöjanazarova, M. Esonova va S. Muxamediyeva kabi tajribali pedagoglar tomonidan boşqarilgan.
2018–2021-yillarda M. M. Umarova kafedra mudiri sifatida faoliyat olib borgan. 2021-yil iyun oyidan 2026-yil mart oyigaça kafedraga pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Ğözal Malikovna Nazirova rahbarlik qildi.
2021–2022-öquv yilidan boşlab kafedra tarkibida “Maktabgaça taʼlim psixologiyasi va pedagogikasi” yönalişi oçilib, ilmiy-amaliy faoliyat kengaytirildi. 2022-yilda professor G. M. Nazirova rahbarligidagi innovatsion loyiha “Olima ayollar grantlari” tanlovida ğolib deb topildi.
2023–2024-yillarda kafedra ikki mustaqil tuzilmaga ajratildi, biroq 2024–2025-yillarda qayta birlaştirilib, yagona Maktabgaça taʼlim kafedrasi sifatida faoliyatini davom ettirdi.
2025-yil 2-apreldan boşlab Qöqon davlat universiteti maqomi berilişi munosabati bilan kafedra Pedagogika va psixologiya fakulteti tarkibiga kiritildi. Hozirgi kunda kafedrada 21 nafar professor-öqituvçi faoliyat yuritib, ularda yuqori ilmiy salohiyat va amaliy tajriba mujassam.
Missiya
Maxsus pedagogika kafedrasining missiyasi — maxsus taʼlim ehtiyojlariga ega bolalar bilan işlaş böyiça yuqori malakali, insonparvar, innovatsion yondaşuvlarga ega pedagog kadrlarni tayyorlaşdan iborat. Kafedra inklyuziv taʼlimni rivojlantiriş, zamonaviy korreksion-pedagogik texnologiyalarni joriy etiş hamda ilmiy-tadqiqot işlarini rivojlantiriş orqali jamiyatda teng taʼlim imkoniyatlarini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Yutuqlar
Kafedra professor-öqituvçilari tomonidan 25 ta darslik va 40 dan ortiq öquv qöllanma yaratilgan. Maktabgaça taʼlim kafedrasi xalqaro hamkorlik aloqalarini izçil rivojlantirib borayotgan ilmiy-taʼlimiy tuzilma sifatida xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan samarali hamkorlikni yölga qöygan.
Jumladan, Turkiya Respublikasining Töqat Gaziosmanpoşşo universiteti hamda Qozoğiston Respublikasining Akademik A. Quatbekov nomidagi Xalqlar döstligi universiteti bilan özaro manfaatli hamkorlik aloqalari şakllantirilgan.
Mazkur hamkorlik doirasida professor-öqituvçilar va talabalar akademik mobilligini taʼminlaş, qöşma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oşiriş, xalqaro konferensiya va seminarlarni taşkil etiş hamda öquv jarayoniga ilğor xorijiy tajribalarni joriy etiş yönalişlarida tizimli işlar olib borilmoqda. Xususan, hamkor universitetlar professor-öqituvçilari tomonidan maʼruza va amaliy maşğulotlar ötkazilib, talabalar bilimini xalqaro standartlar asosida boyitişga xizmat qilmoqda.
Şuningdek, ilmiy hamkorlik doirasida maktabgaça taʼlim sohasida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondaşuvlar hamda bolalar rivojlanişiga oid ilğor metodikalar böyiça tajriba almaşinuvi yölga qöyilgan. Bu esa kafedraning ilmiy salohiyatini oşiriş, taʼlim sifatini xalqaro darajaga yaqinlaştiriş va raqobatbardoş mutaxassislar tayyorlaşga xizmat qilmoqda.
Mudir haqida
Nazirova Ğözal Malikovna 2025-yil 2-apreldan boşlab Qöqon davlat universiteti Maktabgaça taʼlim kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
U 1973-yil 4-aprelda Farğona viloyati, Qöqon şahrida tuğilgan. Millati — özbek, partiyaviyligi — yöq. 1995-yilda Qöqon davlat pedagogika institutini kunduzgi taʼlim şaklida tamomlagan. Mutaxassisligi — pedagogika va psixologiya (maktabgaça taʼlim yönalişi).
Pedagogika fanlari doktori (PhD), professor ilmiy daraja va unvoniga ega. Rus tilini biladi.
Mehnat faoliyatini 1991-yilda talabalikdan boşlagan. 1995–2000-yillarda 21-boğçada tarbiyaçi, 2000–2010-yillarda esa Qöqon gödaklar uyida tarbiyaçi bölib işlagan. 2010-yildan boşlab oliy taʼlim tizimida pedagog sifatida faoliyat yuritib, 2010–2015-yillarda pedagogika kafedrasida, 2015–2018-yillarda pedagogika va psixologiya kafedrasida öqituvçi, 2018–2021-yillarda katta öqituvçi lavozimlarida işlagan.
2021–2025-yillarda Maktabgaça taʼlim kafedrasiga rahbarlik qilgan, 2023–2024-yillarda kafedra mudiri vazifasini vaqtinça bajaruvçi bölgan. 2025-yildan hozirgi kungaça Maktabgaça taʼlim kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş