Pedagogika kafedrasi
Pedagogika va psixologiya fakulteti
Kafedra tarixi
Pedagogika kafedrasi institutning dastlabki şakllaniş davrlaridan boşlab faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedraning öz taraqqiyot bosqiçlari mavjud bölib, 1945-yil fevral oyida u psixologiya kafedrasi bilan birgalikda iş boşlagan. 1980-yilda mustaqil Psixologiya kafedrasi taşkil etilişi munosabati bilan Pedagogika kafedrasi alohida tarkibiy bölinma sifatida faoliyatini davom ettirgan.
Dastlabki davrda kafedraga R. Aşurov va O. Muhammadjonov rahbarlik qilgan. 1992-yil oxiridan boşlab kafedrani pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M. Tolipov boşqargan. Uşbu davrda kafedra faoliyatini takomillaştiriş, öquv xonalarini zamonaviy texnika bilan jihozlaş hamda malakali mutaxassislar bilan taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilgan.
Kafedra mudiri M. Tolipov hamda dotsentlar R. Aşurov, O. Muhammadjonov, M. Sanginova, X. Xalikova, R. Abduqodirov va N. Erkaboyevalar pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilganlar.
Kafedra aʼzolari individual ilmiy izlanişlar bilan bir qatorda “Umumiy taʼlim va hunar maktablarini isloh qiliş asosida taʼlim jarayonini takomillaştiriş, mahorat darslarini taşkil etiş hamda öquv motivatsiyasini şakllantiriş” kompleks mavzusi doirasida ilmiy-tadqiqot işlarini olib borganlar.
Kafedra öqituvçilari şahar va tuman maktablarida pedagogik mahoratni oşiriş, öqituvçilar malakasini rivojlantiriş hamda ilmiy-metodik yordam körsatiş yönalişida faoliyat yuritib, turli ilmiy-amaliy anjumanlar taşkil etganlar.
Kafedra aʼzolari respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyalarda faol iştirok etib, öz maʼruzalari bilan qatnaşganlar. 1989–1990-yillarda Moskva va Rossiyaning bir qator şaharlarida ötkazilgan konferensiya va simpoziumlarda ham ilmiy maʼruzalar bilan iştirok etişgan.
1984–1990-yillarda kafedraning yoş mutaxassisi N. Şermatova ilmiy faoliyat bilan şuğullanib, muhim natijalarga erişgan. Kafedra talabalari pedagogika böyiça respublika olimpiadalarida faxrli örinlarni egallaganlar.
1990–2025-yillarda kafedraga R. Aşurov, M. Tolipov, R. Abduqodirov, M. Umarova, X. Ustadjalilova, Z. Xolmatova, M. Xuşnazarova va Ö. Yöldaşevlar rahbarlik qilgan.
2025-yildan boşlab Pedagogika kafedrasiga pedagogika fanlari doktori, professor Z. A. Xolmatova rahbarlik qilib kelmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada 27 nafar professor-öqituvçi faoliyat yuritadi. Ulardan 2 nafari pedagogika fanlari doktori, professor (N. Erkaboyeva va Z. Xolmatova), 3 nafari PhD va dotsent, 4 nafari PhD va v.b. dotsent, 5 nafari PhD darajasiga ega yoş olimlar, qolganlari esa katta öqituvçi, öqituvçi va stajyor-öqituvçi lavozimlarida faoliyat olib bormoqda.
Pedagogika kafedrasi Qöqon davlat pedagogika universiteti Pedagogika va psixologiya fakultetining tarkibiy bölinmasi hisoblanib, 2025-yil 11-aprelda universitet rektori tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yuritadi.
Missiya
Pedagogika kafedrasining missiyasi — zamonaviy bilim va yuqori kasbiy kompetensiyalarga ega, ijodiy fikrlaydigan, talabalarning pedagogik mahoratini har tomonlama rivojlantiriş, taʼlim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etiş hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirişdan iborat.
Kafedra taʼlim sifatini oşiriş, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida barkamol avlodni tarbiyalaş, şuningdek, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini taʼminlaş orqali jamiyat rivojiga hissa qöşişni maqsad qiladi.
Yutuqlar
Kafedra professor-öqituvçilari tomonidan jami 20 ta darslik, 15 ta öquv qöllanma va 8 ta monografiya tayyorlangan. Kafedrada institut Axborot-resurs markazi bilan hamkorlikda bakalavriat taʼlim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklarining öquv adabiyotlari bilan taʼminlanganlik holatini nazorat qiliş tizimi yölga qöyilgan.
Bakalavriat va magistratura yönalişlari uçun xorijiy adabiyotlarni tarjima qiliş hamda xorijiy olimlar bilan hamkorlikda öquv adabiyotlarini yaratiş böyiça reja işlab çiqilgan bölib, uning 2026-yil iyun oyida yakunlanişi közda tutilgan. Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş orqali taʼlim sifatini oşiriş maqsadida kafedra professor-öqituvçilarining malaka oşiriş jarayonlari rejali asosda taşkil etilgan va izçil davom ettirilmoqda.
Kafedrada professor-öqituvçilarning ilmiy salohiyatini oşiriş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, yoş öqituvçilardan E. Yuldaşev, M. Töxtasinova, Ş. Sultonov, H. Saidova, M. Otajonova, M. Zokirov va B. Xayitovlar 2025–2026 öquv yilida ilmiy tadqiqot işlarini yakunlab, PhD darajasiga ega böldilar. Z. Abdurazzoqova esa ilmiy-tadqiqot işini yakunlaş bosqiçida.
Kafedra mudiri Z. Xolmatova professorlik unvonini, F. Rahimova va N. Ortiqovalar esa dotsentlik unvonini 2025–2026-yillarda qölga kiritdilar.
Şuningdek, kafedra huzurida doktorantura bosqiçidagi tadqiqotçilar uçun doimiy maslahat va tajriba-sinov işlarini taşkil etiş yölga qöyilgan. Mustaqil tadqiqotçilar bilan ilmiy izlanişlar olib borilib, ularga ilmiy rahbarlar biriktirilgan.
Özbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyruğiga muvofiq, 2025-yil 21-oktyabr kuni Qöqon davlat universiteti Pedagogika kafedrasi tomonidan “Taʼlim strategiyasi: yuqori malakali bölajak pedagog kadrlar tayyorlaş istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman taşkil etildi.
Şuningdek, 2026-yil 24-mart kuni “Language and Career” mavzusida xalqaro talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida onlayn va video maʼruzalar seksiyasi yuqori saviyada ötkazildi. Uşbu anjuman turli oliy taʼlim muassasalari talabalari uçun ilmiy tajriba almaşiş hamda xorijiy tillarning kasbiy faoliyatdagi örni va ahamiyatini muhokama qiliş uçun muhim platforma bölib xizmat qildi.
Konferensiyada Rossiya Federatsiyasi va Özbekiston Respublikasining yetakçi oliy taʼlim muassasalaridan olimlar, professor-öqituvçilar hamda talabalar iştirok etdilar.
Mudir haqida
Xolmatova Ziroat Anvarovna 2025-yil oktabr holatiga köra Qöqon davlat universiteti Pedagogika kafedrasi professori lavozimida faoliyat yuritadi. U 1975-yil 26-iyulda Farğona viloyati Qöqon şahrida tuğilgan, millati özbek, partiyaviyligi yöq. Oliy maʼlumotli bölib, 1996-yilda Qöqon davlat pedagogika universitetini tamomlagan, mutaxassisligi boşlanğiç taʼlim metodikasi hisoblanadi. Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor ilmiy daraja va unvoniga ega, rus tilini biladi.
Mehnat faoliyatini 1992–1996-yillarda talabalikdan boşlagan. 1996–2009-yillarda maktab öqituvçisi, 2009-yildan boşlab Qöqon davlat pedagogika institutida öqituvçi, katta öqituvçi va kafedra mudiri vazifalarida işlagan. 2020-yildan boşlab pedagogika sohasidagi rahbarlik faoliyatini davom ettirib, 2026-yildan hozirgi kungaça Pedagogika kafedrasi mudiri va professor lavozimida faoliyat olib bormoqda. Uning pedagogik va ilmiy faoliyati taʼlim tizimini rivojlantiriş, ilmiy tadqiqotlarni takomillaştiriş hamda yoş kadrlarni tayyorlaşga qaratilgan.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş