Asosiy kontentga ötiş
Qöqon davlatuniversiteti

Yaşil universitet

Prezidentning 2025-yil 15-maydagi PQ-184-son qaroriga muvofiq, universitetda ekologik madaniyatni rivojlantiriş böyiça işlar amalga oşirilmoqda.

0

Ekoklub aʼzolari

0 kg

2025-yilda qayta işlangan çiqindi

0 kVt

energiya sarfini kamaytiriş

«Yaşil kampus» taşabbuslari

Universitet hududida ekologik barqarorlikni taʼminlaş va talabalarda tabiatga masʼuliyatli munosabatni şakllantiriş maqsadida «Yaşil kampus» loyihasi amalga oşiriladi.

Har yili bahor va kuzda daraxt ekiş aksiyalari ötkazilib, yangi yaşil maydonlar taşkil etiladi va mavjud hududlar obodonlaştiriladi.

Plastik, qoğoz, metall va organik çiqindilarni alohida yiğiş hamda qayta işlaş korxonalari bilan hamkorlik qiliş közda tutilgan.

Suv tejovçi tizimlar, quyoş panellari, energiya samarador yoritgiçlar va isteʼmolni kuzatuvçi aqlli texnologiyalarni joriy etiş işlari olib boriladi.

Ekotaʼlim va amaliy işlar

  • Ekologiya, barqaror rivojlaniş va iqlim özgarişi böyiça maxsus kurslar taşkil etiş.
  • Har bir fakultet yönalişiga mos ekologik loyihalarni amalga oşiriş.
  • Ekologik haftaliklar, «Yaşil ğoya» tanlovlari, viktorinalar va seminarlar ötkaziş.
  • Mahalliy ekologiya taşkilotlari va nodavlat taşkilotlar bilan hamkorlik qiliş.
  • Ilmiy ekspeditsiyalar, laboratoriya tadqiqotlari va ekologik monitoring olib boriş.

Talabalar ekoklubi

«Yaşil universitet» talabalar ekoklubi ekologik madaniyatni oşiriş, barqaror rivojlaniş tamoyillarini tarğib qiliş va yaşil taşabbuslarni amalga oşiriş uçun faoliyat yuritadi.

Klub çiqindilarni saralaş, suv va energiyani tejaş, daraxt ekiş, kampusni obodonlaştiriş hamda talabalarning ekologik ğoyalarini qöllab-quvvatlaş bilan şuğullanadi.

Klubning amaliy natijalaridan biri — qayta işlaş uçun plastik va qoğoz çiqindilarini yiğiş aksiyasi.

Fotogalereya

  • Yaşil universitet faoliyati
  • Yaşil universitet faoliyati
  • Yaşil universitet faoliyati
  • Yaşil universitet faoliyati
  • Yaşil universitet faoliyati
  • Yaşil universitet faoliyati
  • Yaşil universitet faoliyati
  • Yaşil universitet faoliyati
  • Yaşil universitet faoliyati

Ekoklubga qöşiliş

Yangilangan: 2026-yil 25-oktabr