Asosiy kontentga ötiş
Qöqon davlatuniversiteti

Madaniy-maʼrifiy tadbirlar

Universitetda ötkazilgan madaniy, maʼrifiy va sport tadbirlari xronikasi.

“Talabalar oqşomi”: bayramona kayfiyat va quvonçli lahzalar

“Talabalar oqşomi”: bayramona kayfiyat va quvonçli lahzalar

Qöqon davlat universiteti talabalar turar joyida yoşlarning böş vaqtini mazmunli, maroqli va madaniy ruhda ötkaziş maqsadida “Talabalar oqşomi” nomli madaniy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi. Tadbir talabalar tomonidan katta qiziqiş va yuqori kayfiyat bilan kutib olindi. Keçada Özbekistonda xizmat körsatgan artistlar — Muhsinjon Möminov va Tölqinjon Haydarovlar, dotsent Eʼzozxon Qobilova tomonidan ijro etilgan raqsbop musiqalar va jonli kuy-qöşiqlar davraga özgaça şukuh bağişladi, yoşlarga çinakam bayramona atmosfera ulaşdi. Musiqa va raqsga boy, iliq muhitda ötgan “Talabalar oqşomi” talabalarning ijodiy faolligini oşiriş, ularning özaro döstona aloqalarini mustahkamlaşda muhim omil böldi. Universitet rahbariyati tomonidan bunday tadbirlar muntazam ravişda taşkil etilib, yoşlarning ijtimoiy-maʼnaviy hayotini yanada boyitişga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

2025-yil 22-mayQöqon davlat universiteti talabalar turar joyida

Talabamiz para yengil atletika böyiça Özbekiston çempionatida uçta medalni qölga kiritdi

Talabamiz para yengil atletika böyiça Özbekiston çempionatida uçta medalni qölga kiritdi

2025-yil 13–16-may kunlari Angren şahridagi "Yangiobod" respublika öquv-maşğulotlar bazasida para yengil atletika böyiça kattalar örtasida Özbekiston çempionati bölib ötdi. Çempionatda Qöqon davlat universitetining Jismoniy madaniyat yönalişi talabasi Husnida Köşmonova F11-disk uloqtiriş yönalişida ikkita kumuş, 100 metrga yuguriş bahslarida bitta bronza medalini qölga kiritdi. QöqonDU jamoasi Husnida Köşmonovani erişgan yutuqlari bilan muborakbod etadi va kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaydi!

2025-yil 21-mayAngren şahridagi "Yangiobod" respublika öquv-maşğulotlar bazasida

“Omadli yoşlar” jamoasi bilan uçraşuv bölib ötdi

“Omadli yoşlar” jamoasi bilan uçraşuv bölib ötdi

Qöqon davlat universitetida “Quvnoqlar va zukkolar” körik-tanlovi Premyer ligasi 3-mavsum yarim final bosqiçi iştirokçisi — “Omadli yoşlar” jamoasi bilan uçraşuv taşkil etildi. Mazkur tadbirda Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi prorektor Ahmadjon Husanov, Özbekiston Yoşlar ittifoqi Farğona viloyati Kengaşi raisi Alişer Anvarov hamda “Omadli yoşlar” jamoasi aʼzolari iştirok etdi. Uçraşuv davomida jamoa aʼzolarining sahnadagi faoliyati, ijodiy işlari hamda hazil va ijobiy kayfiyat orqali yoşlar orasida soğlom muhitni şakllantirişdagi örni yuzasidan fikr almaşildi. Tadbir yakunida viloyat Kengaşi raisi Alişer Anvarov tomonidan “Omadli yoşlar” jamoasining fidokorona mehnati eʼtirof etilib, universitet rahbariyati va jamoa aʼzolariga Taşakkurnomalar topşirildi.

2025-yil 20-mayQöqon davlat universiteti

Qöqonda “Bir bölsak – yagona xalqmiz, birlaşsak – Vatanmiz” şiori ostida gala-konsert bölib ötdi

Qöqonda “Bir bölsak – yagona xalqmiz, birlaşsak – Vatanmiz” şiori ostida gala-konsert bölib ötdi

Qöqon şahridagi “Yoşlar” boğida tinçlik, totuvlik va millatlararo döstlikni tarğib etişga qaratilgan gala-konsert taşkil etildi. Tadbir “Bir bölsak – yagona xalqmiz, birlaşsak – Vatanmiz” şiori ostida ötkazildi. Tadbirda oliy taʼlim muassasalari talabalari, mahalla faollari va jamoatçilik vakillari iştirok etdi. Estrada xonandalari hamda Qöqon davlat universitetining iqtidorli talabalari ijrosidagi kuy-qöşiqlar tomoşabinlarda katta taassurot qoldirdi. Şuningdek, viktorinalar, interaktiv öyinlar va intellektual bellaşuvlar iştirokçilarga kötarinki kayfiyat ulaşdi. Ğoliblar esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.

2025-yil 20-mayQöqon şahridagi “Yoşlar” boğida

Yoşlar – kelajak siyosatçilari!

Yoşlar – kelajak siyosatçilari!

Qöqon davlat universitetida Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston liberal-demokratik partiyasi bilan hamkorlikda "Siyosiy munozara: Yoşlar debat klubi" bölib ötdi. Unda Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi prorektor Ahmadjon Husanov, partiyaning Farğona viloyat Kengaşi taşkiliy va BPTlar bilan işlaş bölim mudiri, Senat huzuridagi Yoşlar parlamenti aʼzosi Abdurahmon Toyirov, boş mutaxassis Muqadas Asronqulova, partiyaning Farğona viloyati yoşlar muammolarini örganiş va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş bölim mudiri Sardorbek Sultonov, partiyaning Qöqon şahar Kengaşi vakili T. Möminov, talabalar iştirok etdilar. Tadbirda siyosiy madaniyat, liderlik, fuqarolik pozitsiyasi kabi dolzarb mavzular yuzasidan oçiq va asosli munozaralar olib borildi. Tadbir yoşlarning fikrlaş doirasini kengaytiriş, nutq madaniyatini rivojlantiriş, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga faol aralaşuvini rağbatlantirişga xizmat qildi.

2025-yil 14-mayQöqon davlat universiteti

"Vatan ravnaqi, tinçligi va himoyasi yölidagi qahramonlik unutilmaydi"

"Vatan ravnaqi, tinçligi va himoyasi yölidagi qahramonlik unutilmaydi"

Bugun Qöqon davlat universiteti Axborot-resurs markazi binosida Pedagogika va Ijtimoiy fanlar fakultetlari iştirokida 9-may — Xotira va qadrlaş kuniga bağişlab “Vatan ravnaqi, tinçligi va himoyasi yölidagi qahramonlik unutilmaydi” şiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi. Tadbir davomida Vatan ozodligi yölida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi yodga olindi, ularning mardligi va fidoyiligi yoşlarga ibrat sifatida namoyon etildi. Tadbirda öz yigitlik burçlarini Afğonistonda bajargan, baynalmilal jangçilar safida xizmat qilgan ustozlar — Rafiqjon Ahmedov (“Sanʼatşunoslik va sport” fakulteti dotsenti, Özbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyuşmasi aʼzosi, “Şuhrat” medali, “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni, “Madaniyat va sanʼat fidokori” kökrak nişoni sohibi) hamda Ğofirjon Yunusov (“Sanʼatşunoslik va sport” fakulteti dotsenti, “Madaniyat va sanʼat fidokori” kökrak nişoni sohibi) iştirok etib, yoşlar bilan öz hayotiy tajribalari va Vatanga sadoqat haqidagi fikr-mulohazalarini bölişdilar.

2025-yil 8-mayAxborot resurs markazida

Filologiya fakulteti talabalari Qöqon şahridagi "Muruvvat" uyida maʼnaviy-maʼrifiy dastur namoyiş etdilar

Filologiya fakulteti talabalari Qöqon şahridagi "Muruvvat" uyida maʼnaviy-maʼrifiy dastur namoyiş etdilar

Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan Filologiya fakulteti talabalari tomonidan Qöqon şahridagi "Muruvvat" uyida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi. Tadbir davomida şoirning eng sara şeʼrlari öqildi, yuraklarga iliqlik baxş etuvçi kuy-qöşiqlar yangradi. Samimiy suhbatlar, iliq uçraşuvlar orqali iştirokçilarga Muhammad Yusuf ijodining inson qalbiga ezgulik va mehr bağişlovçi kuçi yana bir bor his ettirildi. Tadbir barça iştirokçilarga çuqur taassurot qoldirdi.

2025-yil 29-aprelQöqon şahridagi "Muruvvat" uyida

Qöqon davlat universitetida sportçi talabalar bilan uçraşuv taşkil etildi

Qöqon davlat universitetida sportçi talabalar bilan uçraşuv taşkil etildi

Bugun Qöqon davlat universiteti Sport klubida "Talaba yugur" marafonida muvaffaqiyatli iştirok etgan sportçi-talabalar bilan samimiy uçraşuv bölib ötdi. Eslatib ötamiz, Farğona viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari örtasida ötkazilgan mazkur marafonda universitetimizning 7 nafar talabasi faxrli natijalar qayd etgan edi. Uçraşuvda Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi prorektor hamda Sport klubi raisi örinbosari iştirok etib, sportçilarga universitet jamoasi nomidan minnatdorçilik bildirdi va ularning muvaffaqiyatlarini alohida eʼtirof etdi. Tadbir doirasida talabalar öz taassurotlari bilan örtoqlaşdi, kelgusida ham sport va soğlom turmuş tarzini rivojlantiriş borasida yanada faol bölişga daʼvat etildi. Uçraşuv döstona va iliq muhitda ötdi.

2025-yil 28-aprelQöqon davlat universiteti

Qöqon DU talabasi — eng kuçli atletlar safida

Qöqon DU talabasi — eng kuçli atletlar safida

Toşkent şahridagi Özbekiston yengil atletika federatsiyasi stadionida yengil atletika böyiça kattalar va 20 yoşgaça bölgan sportçilar örtasida mamlakat çempionati bölib ötdi. Musobaqaning disk uloqtiriş yönalişida Qöqon davlat universitetining Jismoniy madaniyat yönalişi talabasi Muhammadali Sodiqov U20 toifasida faxrli 1-örinni egallab, oltin medal sohibiga aylandi. Bu ğalaba — mehnat, iroda va fidoyilik samarasidir! Qöqon DU seni qöllaydi, Muhammadali!

2025-yil 26-aprelToşkentdagi Özbekiston Yengil atletika federatsiyasi stadionida

Qöqon davlat universiteti talabasi Özbekiston çempionatida ğolib böldi

Qöqon davlat universiteti talabasi Özbekiston çempionatida ğolib böldi

2025-yil 21–26 aprel kunlari Jizzax şahridagi “Kiber arena” sport majmuasida qiliçbozlik sporti böyiça 23 yoşgaça bölgan sportçilar örtasida Özbekiston çempionati bölib ötdi. Mazkur musobaqaning rapira yönalişi böyiça jamoaviy bahslarida iştirok etgan Qöqon davlat universiteti Jismoniy madaniyat yönalişi talabasi Maftuna Davronova "Farğona-1" jamoasi tarkibida munosib iştirok etdi va çempionatda faxrli 1-örinini egallab, oltin medalga sazovor böldi. Qöqon davlat universiteti jamoasi Maftuna Davronovani uşbu yutuq bilan tabriklaydi va kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaydi.

2025-yil 25-aprelşahridagi “Kiber arena” sport majmuasida

Tanlov ğoliblari maʼlum böldi

Tanlov ğoliblari maʼlum böldi

Qöqon davlat universitetida talaba-yoşlar örtasida milliylikni tarğib qiliş, ularni milliy merosimiz, qadimiy urf-odatlarimiz bilan yaqindan taniştiriş hamda yoşlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini oşiriş maqsadida “Eng yaxşi videorolik” tanlovi taşkil etildi. Tanlov davomida talabalar öz ijodiy yondaşuvi, milliy ruh va estetikani uyğunlaştirgan holda turli mavzularda videoroliklar tayyorlab, öz bilim va isteʼdodlarini namoyiş etdilar. Baholaş jarayonida iştirokçilarning ijodiy yondaşuvi, videorolikning mazmuni, ifoda uslubi va texnik sifati inobatga olindi. Tanlov ğoliblari: 1-örin — Karimjonov Karimjon, Filologiya fakulteti talabasi 2-örin — Abdurahimova Dilnoza, Sanʼatşunoslik va sport fakulteti talabasi 3-örin — Zaylobiddinova Havasxon, Filologiya fakulteti talabasi Ğoliblar diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.

2025-yil 19-aprelQöqon davlat universiteti

Qöqon davlat universitetida “Jaholatga qarşi maʼrifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bölib ötdi

Qöqon davlat universitetida “Jaholatga qarşi maʼrifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bölib ötdi

Mazkur tadbir universitetda yoşlar ongida soğlom fikrni şakllantiriş, maʼnaviy immunitetni mustahkamlaş va yot ğoyalarga qarşi mafkuraviy kuraşiş böyiça tizimli işlarning uzviy davomi sifatida taşkil etildi. Tadbirda oliygoh rahbariyati, Qöqon şahar hokimligi vakillari, tyutorlar, professor-öqituvçilar hamda talaba-yoşlar faol iştirok etdilar. Uçraşuv davomida iştirokçilarga maʼrifatning jaholat ustidan ustuvorligi, bilim va tafakkurning jamiyat taraqqiyotidagi örni, şuningdek, dunyoning mafkuraviy manzarasi kun sayin özgarib, tinçlik-totuvlikka tahdidlar tobora kuçayayotgani haqida atrofliça maʼlumotlar berildi. Tadbir yakunida yoşlar özlarini qiziqtirgan köplab savollariga javob oldilar.

2025-yil 18-aprelQöqon davlat universiteti