Texnologik taʼlim va kutubxonaşunoslik kafedrasi
Boşlanğiç va texnologik taʼlim fakulteti
Kafedra tarixi
Texnologik taʼlim kafedrasi 1991-yilda “Umumtexnika fanlari kafedrasi” nomi bilan taşkil etilgan bölib, umumtexnika fakulteti tarkibida faoliyat yuritgan. Kafedraga dastlab pedagogika fanlari nomzodi, dotsent I. Karimov rahbarlik qilgan (1991–1995). 2010-yilda kafedra “Umumtexnika fanlari va mehnat taʼlimi” nomini olgan.
Kafedra faoliyati davomida I. Karimov, F. Badriddinov, B. Olimov, A. Husanov, X. Rahmonov kabi mutaxassislar rahbarlik qilgan. Hozirgi kunda kafedrada pedagogika fanlari nomzodlari va professorlar, dotsentlar, katta öqituvçilar hamda öqituvçilar faoliyat yuritib, bakalavr va magistratura talabalariga taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.
Kafedrada 7 nafar fan nomzodi mavjud bölib, ilmiy salohiyat 35 foizni taşkil etadi. 60111300 – Texnologik taʼlim yönalişi böyiça bakalavrlar tayyorlanmoqda. Şuningdek, 2024–2025 öquv yilidan boşlab 70112301 – Taʼlim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik taʼlim) magistratura mutaxassisligi oçilib, malakali magistrlar tayyorlanmoqda.
Missiya
Texnologik taʼlim kafedrasining missiyasi — zamonaviy işlab çiqariş va taʼlim tizimi talablariga mos, yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan hamda innovatsion texnologiyalarni qöllay oladigan pedagog kadrlarni tayyorlaşdan iborat. Kafedra taʼlim sifatini oşiriş, amaliy könikmalarni rivojlantiriş va ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytiriş orqali raqobatbardoş mutaxassislarni yetiştirişga xizmat qiladi.
Yutuqlar
Kafedra professor-öqituvçilari tomonidan 1991–2026-yillar davomida keng kölamli ilmiy va öquv-uslubiy işlar amalga oşirilgan. Jumladan, 7 ta nomzodlik dissertatsiyasi, 13 ta darslik, 24 ta öquv qöllanma, 36 ta uslubiy qöllanma va 45 ta uslubiy körsatmalar tayyorlangan. Şuningdek, 342 ta ilmiy maqola (şundan 82 tasi xorijiy naşrlarda), 386 ta uslubiy maqola (103 tasi xorijiy naşrlarda) hamda 422 ta tezis (95 tasi xalqaro miqyosda) çop etilgan.
Kafedra ilmiy-tadqiqot faoliyati xalqaro hamkorlik asosida rivojlanib, Qozon Federal universiteti, Al-Farobiy nomidagi Qozoğiston milliy universiteti hamda boşqa nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
Kafedra taşkil etilgan davrdan boşlab bir qator yirik ilmiy natijalarga erişilgan: I. I. Karimov 1995-yilda Moskva şahrida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Uning ilmiy rahbarligida B. U. Olimov 2008-yilda dissertatsiya yoqlagan. Şuningdek, J. E. Tursunov, M. Ikrаmova, M. S. Usmonova, B. Umrzaqov (pedagogika yönalişi) hamda X. T. Rahmonov (texnika yönalişi) PhD darajasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Kafedra olimlari Buyuk Britaniya, AQŞ, Germaniya, Gollandiya, Rossiya, Belarus, Qirğiziston va Ukraina kabi mamlakatlarning nufuzli ilmiy jurnallarida maqolalar çop etib kelmoqdalar. Umuman olganda, 288 dan ortiq ilmiy-uslubiy işlar respublika va xalqaro jurnallarda eʼlon qilingan, 210 dan ortiq ilmiy-maʼruza ilmiy anjumanlarda taqdim etilgan.
Hozirgi kunga qadar 7 nafar professor-öqituvçi dotsent ilmiy unvoniga ega bölgan, 5 nafar pedagog PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. 2 nafar öqituvçi Qozon Federal universiteti va Janubiy-Qozoğiston universitetida stajirovkadan ötgan. Sönggi öquv yilida 3 ta darslik, 5 ta öquv qöllanma, 3 ta monografiya naşr etilgan hamda Scopus va Web of Science bazalarida 8 ta ilmiy maqola çop etilgan.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş