Boşlanğiç taʼlim kafedrasi
Boşlanğiç va texnologik taʼlim fakulteti
Kafedra tarixi
Qöqon davlat universiteti Boşlanğiç va texnologik taʼlim fakulteti tarkibidagi Boşlanğiç taʼlim kafedrasi boşlanğiç taʼlim fanlarini çuqur öqitiş hamda uşbu yönalişda malakali mutaxassislar tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratadi. Kafedraning öquv dasturlari va ilmiy-tadqiqot faoliyati innovatsion yondaşuvlar asosida şakllantirilgan bölib, boşlanğiç taʼlim fanlarining uzviy integratsiyasiga tayangan.
Kafedra 1977-yilda “Boşlanğiç taʼlim metodikasi” nomi bilan taşkil etilgan bölib, uning rivojlaniş jarayonida bir qator tajribali olim va pedagoglar rahbarlik qilgan. Dastlab Erkinjon Toşpölatov mudirlik qilgan. Keyingi yillarda kafedra nomi va tarkibi bir neça bor özgargan, turli davrlarda R. Şukurov, M. Xalilov, S. Toʻychiev, Z. Isaqov, D. Jamolitdinova, Ğ. Rahmonov, A. Töraxojayeva hamda boşqa yetakçi mutaxassislar rahbarlik qilgan.
2021-yildan boşlab Ş. Ş. Qalandarov kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritib, ilmiy-tadqiqot işlarini rivojlantiriş va taʼlim sifatini oşirişga alohida eʼtibor qaratgan. 2024-yildan boşlab kafedra ikki yönalişga ajratilgan bölsa-da, hozirgi kunda yana yagona “Boşlanğiç taʼlim” kafedrasi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Hozirda kafedrada 40 nafar asosiy ştatdagi va 6 nafar örindoş öqituvçi faoliyat yuritmoqda, ilmiy salohiyat esa 45 foizni taşkil etadi. Kafedra zamonaviy taʼlim standartlariga mos ravişda rivojlanib, pedagogik tadqiqotlar va innovatsion metodlarni joriy etişga yönaltirilgan.
Missiya
Boşlanğiç taʼlim kafedrasining missiyasi — boşlanğiç taʼlim sohasida yuqori malakali, zamonaviy pedagogik va metodik kompetensiyalarga ega, innovatsion fikrlaydigan öqituvçilarni tayyorlaşdan iborat. Kafedra taʼlim sifatini oşiriş, ilmiy-tadqiqot işlarini rivojlantiriş, raqamli va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni öquv jarayoniga joriy etiş orqali barkamol avlodni tarbiyalaşga xizmat qiladi.
Yutuqlar
Boşlanğiç taʼlim kafedrasi öz faoliyatida xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratib, bir qator xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan samarali aloqalar örnatgan. Jumladan, Qozoğiston Respublikasining Farobiy nomidagi Qozoğiston milliy pedagogika universiteti, Ozarbayjon Respublikasining Boku davlat universiteti hamda Turkiyaning Otaturk universiteti bilan hamkorlik munosabatlari faol yölga qöyilgan.
Mazkur hamkorlik doirasida kafedra professor-öqituvçilari uşbu xorijiy oliy taʼlim muassasalarida muntazam stajirovkalar ötamoqda. Bu jarayon ularning ilmiy-pedagogik malakasini oşiriş, zamonaviy pedagogik va ilmiy tajribalarni özlaştiriş hamda xalqaro standartlar asosida taʼlim sifatini takomillaştirişga xizmat qilmoqda.
Hozirda kafedrada 46 nafar professor-öqituvçi faoliyat yuritadi: 40 nafari asosiy ştatda, 4 nafari içki örindoşlik, 2 nafari taşqi örindoşlik asosida işlaydi. Ularning 2 nafari fan nomzodi, 18 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega. Kafedraning ilmiy salohiyati 45 foizni taşkil etadi va bu körsatkiç yildan-yilga oşib bormoqda.
Qabul va super-kontrakt natijalari
2026/2027 qabulining yönaliş tanlaş bosqiçi yakunlandi. Şaxsiy ariza, natija va rasmiy xabarlar mandat.uzbmb.uz portalida beriladi.
mandat.uzbmb.uz portalini oçiş