
Joriy yilning 17-noyabr kuni Qöqon davlat universitetining San’at va sport fakultetida Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan tantanali tadbir ötkazildi. Bayram doirasida talabalar oşxonasi va faollar zali foydalanishga topşirildi.
Universitet rektori Dilnoza Xodjayeva talabalarni bayram bilan tabriklab, ularga öqiş va ijodiy faoliyatida muvaffaqiyat tiladi. Talabalar oşxonasida öquv kuni davomida ovqatlaniş uçun qulay şaroit yaratildi. Faollar zali esa talabalar uçraşuvlari, ijodiy loyihalar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uçun xizmat qiladi.
Fakultet hovlisida oş festivali va milliy taomlar tanlovlari taşkil etildi. Bayramning badiiy dasturidan xor, orkestr va doiraçilar ijrolari, qöşiqlar hamda milliy raqslar örin oldi.
Marosimda universitetning eng faol talabalari hamda xalqaro va respublika tanlovlari ğoliblari taqdirlandi.











