
Urganch davlat universiteti mezbonligida respublika tanlovlari g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Qo‘qon davlat universiteti vakili Temirova Mashhura Muxammadaminovna “Islohotlar bilimdoni” respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovining “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” nominatsiyasida 2-o‘rinni egallagani uchun taqdirlandi.
Mashhuraxon Temirovani ushbu yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz hamda mas’uliyatli va sharafli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!






