
Qöqon davlat universiteti Fakultetlararo tillar kafedrasi taşabbusi bilan “Global köp tilli kompetensiya va “ESP”ga asoslangan kasbiy tayyorlov: barça ta’lim yönalişlarida ingliz, nemis, rus va özbek tillarini öqitişda zamonaviy metodlar va yondaşuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi.
Anjumanda universitet professor-öqituvçilari, tadqiqotçilar hamda Tojikiston, Eron, Fransiya va boşqa mamlakatlarning ilmiy-ta’lim muassasalari vakillari iştirok etib, öz ilmiy izlanişlari natijalari bilan örtoqlaşdilar.
Yalpi majlis davomida xorijiy tillarni öqitiş metodikasini takomillaştiriş, köp tilli kompetensiyalarni rivojlantiriş, kasbiy ta’limda ingliz, nemis, rus va özbek tillaridan samarali foydalaniş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’ruzalarda leksik-semantik maydon, toponimiyada özlaşmalar, deviant xulqning lingvistik talqinlari, kasbiy terminologiyaning tarjimasi, ingliz va özbek tillaridagi lingvomadaniy tuşunçalar, nutq korpuslarini yaratiş, fonetik transkripsiya va segmentatsiya, ona tili orqali xorijiy tillarni öqitiş kabi dolzarb ilmiy masalalar muhokama qilindi.
Xalqaro anjuman ilmiy tajriba almaşiş, zamonaviy ta’lim metodlarini ommalaştiriş, turli mamlakatlar olimlari örtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlaş hamda xalqaro hamkorlikni kengaytiriş uçun muhim platforma bölib xizmat qildi.
Öxşaş yangiliklar

Rektor yoşlarning innovatsion ğoyalari bilan tanişdi
Bugun ilm-fan va innovatsiyalar har bir jamiyat taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvçi kuçiga aylangan. Ayniqsa, talaba-yoşlarning izlanuvçanligi, ularning yangiça fikr…

Yaşil makon — yaşil Özbekiston
Qöqon davlat universiteti Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakultetida tabiatga mehr, ekologik mas’uliyat va yaşil kelajakni tarğib etişga qaratilgan “Yaşil makon — Yaşil Özb…

Dissertatsiya himoyasi ötkaziladi
Qöqon davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Fil.34.02 raqamli Ilmiy kengaşda 2026-yil 28-noyabr kuni filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy dara…








