
QO‘QON DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETIDA IJODIY TANLOVLAR O‘TKAZILDI.
Qo‘qon davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakultetida talabalarning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Vatan taraqqiyotiga mening hissam» loyihasi doirasida uchta yo‘nalish bo‘yicha tanlovlar tashkil etildi.
Jumladan:
«Korrupsiya — kelajakka tahdid» mavzusida insholar tanlovi;
«O‘zbekiston — yoshlar nigohida» mavzusida rasmlar tanlovi;
«Ona Vatanimizning buyuk farzandlari», «O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman», «Vatanga xizmat qilish — buyuk maqsadim» mavzularida maqolalar tanlovi.
Mazkur tanlovlar orqali talabalarning mustaqil fikrlashi, ijodiy yondashuvi, tahliliy mushohadasi va Vatan taqdiriga daxldorlik hissini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratildi.
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar belgilangan talablar asosida qabul qilinib, g‘oliblarni aniqlash jarayonida xolislik va adolat mezonlariga alohida e’tibor qaratiladi.
2026-yil 8-dekabr kuni o‘tkaziladigan tadbir doirasida tanlov ishtirokchilarining ishlari mutaxassislar tomonidan baholanadi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, I, II va III o‘rin sohiblari diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
Öxşaş yangiliklar

TALABALARNI QÖLLAB-QUVVATLAŞGA QARATILGAN MOTIVATSION TRENING ÖTKAZILDI.
Qöqon davlat universiteti Yoş psixologlar klubi hamda Yoşlar ittifoqi faollari hamkorligida Aniq fanlar va muhandislik fakultetida tahsil olayotgan nogironligi bölgan talabalar uçun motivatsion trening taşkil etildi.

«YAŞIL DUNYO — BIZNING UMUMIY UYIMIZ»
Qöqon davlat universiteti San’at va sport fakultetida «Yaşil dunyo — bizning umumiy uyimiz» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.

«PREZIDENTIMGA MAKTUB» — SAMIMIY MINNATDORLIK IFODASI
Qöqon davlat universiteti Gumanitar fanlar va tillar fakultetida Prezidentimizning nabiralariga yöllagan maktublari mazmun-mohiyatini talabalarga yetkaziş böyiça tuşuntiriş işlari olib borildi.



-960x640.jpg&w=3840&q=75)

-960x640.jpg&w=3840&q=75)


