
Qöqon davlat universitetida xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantiriş, ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb etiş hamda talabalar bilimini boyitiş borasidagi işlar izçil davom etmoqda.
2026-yil 8–14-noyabr kunlari Ozarbayjon Respublikasi Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti katta öqituvçisi, pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Reyxan Tapdig qizi Gadjizade Qöqon davlat universitetida mehmon professor sifatida faoliyat olib bormoqda.
Taşrif doirasida xorijiy mutaxassis Boşlanğiç ta’lim kafedrasida boşlanğiç ta’lim yönalişining 2-bosqiç talabalari uçun “Texnologik ta’lim nazariyasi va metodikasi” fanidan, Texnologik ta’lim va kutubxonaşunoslik kafedrasida esa texnologik ta’lim yönalişining 3-bosqiç talabalari hamda magistrantlar uçun “Kasb-hunarga yönaltiriş”, “Texnik ijodkorlik va konstruksiyalaş” hamda “Kasbga yönaltiriş diagnostikasi” fanlaridan jami 20 soat ma’ruza va amaliy maşğulotlar olib bormoqda.
Mazkur akademik taşrif talabalarning kasbiy bilim va könikmalarini rivojlantiriş, ilğor xorijiy pedagogik tajribalarni örganiş hamda ikki oliy ta’lim muassasasi örtasidagi ilmiy-pedagogik hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Öxşaş yangiliklar

Rektor yoşlarning innovatsion ğoyalari bilan tanişdi
Bugun ilm-fan va innovatsiyalar har bir jamiyat taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvçi kuçiga aylangan. Ayniqsa, talaba-yoşlarning izlanuvçanligi, ularning yangiça fikr…

Yaşil makon — yaşil Özbekiston
Qöqon davlat universiteti Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakultetida tabiatga mehr, ekologik mas’uliyat va yaşil kelajakni tarğib etişga qaratilgan “Yaşil makon — Yaşil Özb…

Dissertatsiya himoyasi ötkaziladi
Qöqon davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Fil.34.02 raqamli Ilmiy kengaşda 2026-yil 28-noyabr kuni filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy dara…



