
Qöqon davlat universitetida buyuk mutafakkir va özbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi Mavlono Lutfiy tavalludining 660 yilligiga bağişlangan “Mavlono Lutfiy ijodi va özbek şe’riyati taraqqiyoti” mavzusida adabiy-badiiy keça ötkazildi.
Universitetning Gumanitar va tillar fakulteti Özbek tili va adabiyoti kafedrasi hamda San’at va sport fakulteti hamkorligida taşkil etilgan tadbirda şoirning boy ijodiy merosi, şe’riyatining badiiy mahorati va asarlarida aks etgan insoniy fazilatlar muhokama qilindi.
Tadbir davomida Lutfiy ijodining özbek mumtoz adabiyotidagi örni, ğazallaridagi savol-javob usuli, poetik xususiyatlar hamda ma’naviy kamolot masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Professor-öqituvçilar tomonidan mavzu yuzasidan ma’ruzalar qilinib, şoir ijodining adabiy-badiiy ahamiyati yoritildi.
Keçada talabalar tomonidan ijro etilgan ğazallar va qoşiqlar tadbirga badiiy ruh bağişladi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy uçraşuvlar yoş avlodning milliy adabiyotimizga qiziqişini oşiriş, mumtoz merosimizni çuqur örganişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Öxşaş yangiliklar

Rektor yoşlarning innovatsion ğoyalari bilan tanişdi
Bugun ilm-fan va innovatsiyalar har bir jamiyat taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvçi kuçiga aylangan. Ayniqsa, talaba-yoşlarning izlanuvçanligi, ularning yangiça fikr…

Yaşil makon — yaşil Özbekiston
Qöqon davlat universiteti Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakultetida tabiatga mehr, ekologik mas’uliyat va yaşil kelajakni tarğib etişga qaratilgan “Yaşil makon — Yaşil Özb…

Dissertatsiya himoyasi ötkaziladi
Qöqon davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Fil.34.02 raqamli Ilmiy kengaşda 2026-yil 28-noyabr kuni filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy dara…








