
Qöqon davlat universitetida “Özbekistonda kimyo muhandisligi: Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirişning istiqbollari va muammolari” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi. Universitetning “Kimyo muhandisligi va geodeziya” kafedrasida taşkil etilgan mazkur anjuman kimyo muhandisligi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş hamda zamonaviy texnologik yeçimlarni işlab çiqarişga keng tatbiq etişga qaratildi.
Anjumanning asosiy ilmiy yönalişi mamlakatimiz sanoatida “yaşil” kimyo tamoyillarini keng joriy etiş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, energiya va xomaşyo tejamkor texnologiyalarni rivojlantiriş hamda ekologik barqarorlikni ta’minlaş masalalarini qamrab oldi. Unda kafedra olimlari, respublika oliy ta’lim muassasalari professor-öqituvçilari va tadqiqotçilar tomonidan sohaning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy ma’ruza va taqdimotlar qilindi.
Xususan, kimyo sanoatining muhim yönalişlaridan biri bölgan mineral öğitlar işlab çiqariş jarayonlarini optimallaştiriş, nanomateriallar olişning samarali usullarini işlab çiqiş, işlab çiqariş samaradorligini oşiriş va mahsulot sifatini yaxşilaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, kimyoviy işlab çiqariş jarayonlarida xomaşyo va energiya sarfini kamaytiriş, mavjud resurslardan samarali foydalaniş böyiça ilmiy yondaşuvlar muhokama qilindi.
Anjumanning yana bir muhim yönalişi sanoat hududlarini raqamli boşqariş texnologiyalariga bağişlandi. Jumladan, geografik axborot tizimlari (GIS), masofadan zondlaş va 3D modellaştiriş imkoniyatlaridan foydalaniş orqali sanoat obyektlarini monitoring qiliş, hududiy ma’lumotlarni tahlil etiş hamda boşqaruv samaradorligini oşiriş masalalari körib çiqildi.
Şu bilan birga, kimyoviy jarayonlarni Industry 4.0 tamoyillari asosida avtomatlaştiriş, raqamli texnologiyalarni işlab çiqarişga integratsiya qiliş, texnologik jarayonlarni nazorat qiliş va boşqarişning zamonaviy usullari yuzasidan fikr almaşildi. Işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaş, ularning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytiriş va ikkilamçi xomaşyo sifatida foydalaniş imkoniyatlari ham ilmiy muhokamalarning muhim qismiga aylandi.
Mazkur ilmiy-amaliy anjuman Qöqon davlat universitetida kimyo muhandisligi yönalişidagi ilmiy tadqiqotlar kölamini kengaytiriş, olimlar va tadqiqotçilar örtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlaş, mahalliy ilmiy işlanmalarni iqtisodiyot tarmoqlariga tatbiq etiş hamda innovatsion loyihalarni tijoratlaştiriş uçun muhim platforma bölib xizmat qildi.
Anjuman yakunida sohada ilmiy izlanişlarni davom ettiriş, istiqbolli loyihalarni amaliyotga joriy etiş va kimyo sanoatining innovatsion rivojlanişiga xizmat qiladigan ilmiy hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalarining ahamiyati ta’kidlandi.
Öxşaş yangiliklar

Rektor yoşlarning innovatsion ğoyalari bilan tanişdi
Bugun ilm-fan va innovatsiyalar har bir jamiyat taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvçi kuçiga aylangan. Ayniqsa, talaba-yoşlarning izlanuvçanligi, ularning yangiça fikr…

Yaşil makon — yaşil Özbekiston
Qöqon davlat universiteti Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakultetida tabiatga mehr, ekologik mas’uliyat va yaşil kelajakni tarğib etişga qaratilgan “Yaşil makon — Yaşil Özb…

Dissertatsiya himoyasi ötkaziladi
Qöqon davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Fil.34.02 raqamli Ilmiy kengaşda 2026-yil 28-noyabr kuni filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy dara…








