Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning «Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub»ini öqib, undagi mehr, hayotiy tajriba va avlodlar kelajagiga daxldorlik tuyğusi haqida öylandim. Maktubda ilm oliş, vaqtni qadrlaş, halol mehnat qiliş va insoniy fazilatlarni asraş haqidagi nasihatlar har bir yoşga, ayni paytda, biz — ustozlarga ham qaratilganini his qildim.
Maktubdagi «Zukko, bilimli, hunarli yoşlarni voyaga yetkaziş ham ana şunday maşaqqatli iş, mas’uliyatli yumuşdir» degan fikr ta’lim sohasidagi vazifamizni aniq ifodalaydi. Talabaning qobiliyatini ilg‘aş, intilişlarini qöllab-quvvatlaş va qiynalgan paytida unga yöl körsatiş ustozdan bilim bilan birga e’tibor, sabr va fidoyilik talab etadi.
Universitet rahbari sifatida men uçun har bir talabaning taqdiri muhim. Auditoriyaga kirgan yigit-qizning orzusi, qiziqişi va imkoniyati turliça böladi. Bizning vazifamiz — ularning har biriga öz salohiyatini namoyon etişi uçun şaroit yaratiş, bilimga iştiyoqini kuçaytiriş va mustaqil fikrini hurmat qilişdir. Talaba savol berişdan tortinmaydigan, mehnati xolis baholanadigan muhitda öz kuçiga işonadi.
Bugun yoşlarimiz zamonaviy texnologiyalar, xususan, sun’iy intellektning keng imkoniyatlaridan foydalanmoqda. Maktubdagi bu vositalarga qaram bölib qolmaslik haqidagi ogohlantiriş ta’lim jarayoni uçun ham muhim.
Talabaga tayyor javobni topiş bilan çeklanmasdan, uning töğriligini tekşiriş, manbalarni soliştiriş va öz xulosasini asoslaşni örgatişimiz zarur. Texnologiya izlanışni boyitişi, insonning mustaqil tafakkurini rivojlantirişga xizmat qilişi kerak.
Vaqt qadri va sabot-matonat haqidagi nasihatlar ham talabalik yillarining mas’uliyatini eslatadi. Bu davrda örganilgan bilim, egallangan kasb va şakllangan odatlar keyingi hayotga tayanç böladi. Har bir dars, amaliy maşğulot va ilmiy izlanış yoşlarni tanlagan kasbiga yaqinlaştirişi lozim. Ustoz sifatida biz ham bunga öz tayyorgarligimiz, va’damizga sodiqligimiz va kundalik mehnatimiz bilan namuna bölişimiz kerak.
Maktubda insoniylik, halollik va Vatanga foyda keltiriş ğoyalari alohida örin tutadi. Bilimli mutaxassisni tarbiyalaş bilan birga, özgalarning qadr-qimmatini hurmat qiladigan, odamlar dardiga befarq bölmagan, qilgan işiga javob bera oladigan insonni kamol toptiriş — oliy ta’limning muhim vazifasidir.
Qöqon davlat universitetida har bir talabaga munosabatimiz, uning bilimini baholaşimiz va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşimizda ana şu mas’uliyatni his etişimiz zarur. Yoşlarga bildirilgan işonç ularning puxta bilimi, kasbiy mahorati va ezgu amallarida öz ifodasini topişi uçun birgalikda mehnat qilişimiz kerak.
Har bir farzand kamoloti — millat kelajagiga daxldor mas’uliyat. Bu mas’uliyat har kuni talabaga körsatgan e’tiborimiz va bergan ta’limimiz sifatida namoyon böladi.
Dilnoza Xodjayeva,
Qöqon davlat universiteti rektori
Öxşaş yangiliklar

Qo‘qon davlat universitetida “Yil talabasi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi.
Tanlovning universitet bosqichida talabalar yetti nominatsiya bo‘yicha bellashdi. Hakamlar hay’ati ishtirokchilarning kasbiy bilimlari, jamoatchilik faolligi, loyihalari hamda sport va ijoddagi yutuqlarini baholadi.

QÖQON DAVLAT UNIVERSITETI DELEGATSIYASI UNESA BITIRUV MAROSIMIDA FAXRIY MEHMON SIFATIDA IŞTIROK ETDI.
Qöqon davlat universiteti delegatsiyasi Indoneziyaning Surabaya davlat universiteti (Universitas Negeri Surabaya — UNESA) bitiruvçilariga diplom topşiriş marosimida faxriy mehmon sifatida qatnaşdi.

PREZIDENT MAKTUBI TALABA-YOŞLAR ÖRTASIDA KENG TARĞIB ETILMOQDA.
Qöqon davlat universitetida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning «Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub»ini talaba-yoşlarga yetkaziş, uning mazmun-mohiyatini tuşuntiriş va öqib örganiş işlari davom etmoqda.