Aniq va tabiiy fanlarni öqitiş metodikasi (Kimyo)
Magistr · 2 yil
Taʼlim dasturining profili
Aniq va tabiiy fanlarni öqitiş metodikasi (kimyo) magistratura mutaxassisligi böyiça taʼlim olayotgan magistrant bir semestr davomida 30 kredit, bir öquv yili davomida esa 60 kredit töplaşi lozim. Öqiş muddati 2 yilni taşkil etadi va magistrlik dasturi yakunlanguniga qadar 120 kreditni özlaştirişi zarur.
Magistratura bosqiçida 1 ECTS kredit 30 akademik soatga teng bölib, magistrantning bir yillik öquv yuklamasi 60 kreditni, yaʼni 1800 akademik soatni taşkil etadi. Uşbu yuklamaning 50 foizi auditoriya maşğulotlariga, qolgan 50 foizi mustaqil taʼlimga töğri keladi. Magistrant semestr davomida özlaştirişi kerak bölgan kreditlar hajmi fanlar katalogida belgilangan majburiy va tanlov fanlari asosida şakllantiriladi.
70110801 – Aniq va tabiiy fanlarni öqitiş metodikasi (kimyo) yönalişi — umumiy örta taʼlim maktablari, örta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalari uçun pedagog kadrlar tayyorlaşni nazarda tutuvçi magistratura mutaxassisligidir. Uşbu yönaliş doirasida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari va metodlari zamonaviy talablarga mos şakllantirilgan.
Bitiruvçilar, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida yoki mustaqil tadqiqotçi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot işlari bilan şuğullaniş huquqiga ega böladilar.