Biologiya
Bakalavr · 4 yil
Taʼlim dasturining profili
Biologiya taʼlim yönalişi taʼlim oluvçi bir semestr davomida 30 kreditni, bir öquv yili böyiça 60 kreditni töplaşi zarur. Öqiş muddati 4 yil bölib, talaba dastur yakunlangunga qadar 240 kredit töplaşi kerak.
Talaba uçun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni taşkil etadi va talabaning bir yillik öquv yuklamasi 60 kredit, yaʼni 1800 akademik soatdan iborat böladi. Şundan 50% auditoriya soati, 50% mustaqil taʼlim soatiga bölinadi. Semestr davomida talaba tomonidan özlaştirilişi lozim bölgan kreditlar hajmi fanlar katalogida körsatilgan majburiy va tanlov fanlarini öz içiga oladi.
60510100 – Biologiya taʼlim yönalişi – umumiy örta taʼlim maktablari, örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uçun bakalavriat taʼlim yönalişi böyiça pedagogik kadrlar tayyorlaşga xizmat qiladi. Bitiruvçilar pedagogik faoliyatda foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari va metodlarini qöllaş, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida, şuningdek, mustaqil tadqiqotçi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot işlari bilan şuğullaniş imkoniyatiga ega böladilar.