Orqaga
Calendar icon

Dilnoza Jamolitdinova «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, ta’lim-tarbiya sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, yosh avlodni bilimli, barkamol va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh pedagog va mutaxassislar yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Quvonarlisi, ushbu e’tirofga Qo‘qon davlat universiteti Gumanitar fanlar va tillar fakulteti dekani Jamolitdinova Dilnoza Mirxojidinovna ham sazovor bo‘lib, «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

Hurmatli Dilnoza Mirxojidinovna!

Sizni ushbu yuksak davlat mukofoti bilan universitet jamoasi nomidan muborakbod etamiz! Bu e’tirof — ta’lim va tarbiya yo‘lidagi ko‘p yillik fidokorona mehnatingiz, kasbingizga sadoqatingiz va yoshlar kamoliga qo‘shayotgan munosib hissangizning yuksak e’tirofidir.

Sizga mustahkam sog‘lik, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar, yangi-yangi yutuqlar tilaymiz!

«Shuhrat» medali muborak bo‘lsin!