Orqaga
Calendar icon

Magistrantlarga diplomlar tantanali topshirildi


Bugun, 15-avgust kuni Turon madaniyat uyida Qo‘qon davlat universiteti magistraturasini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga magistr darajasi diplomlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, magistrantlar hamda ularning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdi. Marosimda ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagan magistrantlarning erishgan natijalari, ilmiy izlanishlari va kelgusidagi faoliyati haqida fikrlar bildirildi.

Ta’kidlash joizki, 2025/2026-o‘quv yilida Qo‘qon davlat universitetining 31 ta mutaxassisligi bo‘yicha jami 260 nafar magistrant o‘qishni muvaffaqiyatli tamomladi.

Diplom topshirish marosimida universitetning birinchi prorektori Ahmadjon Husanov ishtirok etib, bitiruvchilarni magistratura bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagani bilan samimiy muborakbod etdi. U o‘z so‘zida magistrlik davrida egallangan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar kelgusidagi ilmiy, pedagogik hamda professional faoliyatda muhim poydevor bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

Shuningdek, bitiruvchilarga mamlakatimiz taraqqiyoti, ta’lim va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shish, o‘z kasbiga sadoqat bilan yondashish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni muntazam ravishda rivojlantirib borish yuzasidan ezgu tilaklar bildirildi.

Magistratura bosqichini tamomlagan 260 nafar mutaxassis uchun bugungi kun hayotidagi muhim bosqichlardan birini boshlab berdi. Ularning har biri o‘z mutaxassisligi bo‘yicha olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llashi, ilmiy izlanishlarini davom ettirishi hamda jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shishi kutilmoqda.

Qo‘qon davlat universiteti jamoasi barcha bitiruvchilarni ushbu unutilmas kun bilan muborakbod etadi. Ularga kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar, ilmiy va kasbiy faoliyatida yangi yutuqlar, mustahkam iroda va yorqin istiqbol tilaydi!