Dissertatsiya muhokamasi oʻtkaziladi
Qoʻqon davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Fil.34.02 raqamli ilmiy daraja beruvchi Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarda 2026-yil 20-iyul kuni pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun quyidagi talabgorning dissertatsiyasi muhokamasi boʻlib oʻtishini maʼlum qilamiz.
Ziyayeva Xushnudabonu Ilhomjon qizining 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) ixtisosligi boʻyicha “Variativ modellashtirish asosida boʻlajak rus tili oʻqituvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasi” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi.
Vaqti: 08:30
Ilmiy rahbar:
Xolmatova Ziroat Anvarovna – pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy taqrizchilar:
Abdurahimova Mehribon Abduxolisovna – pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Nizamova Shahnoza – filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.