Gandbol: Universiteti jamoasi yetakchi
Andijon shahridagi Universal sport majmuasida gandbol boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi U-20 Oʻzbekiston chempionatining 2-davra bahslari yakunlandi. Musobaqada respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar qatorida Qoʻqon davlat universiteti jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Musobaqa davomida Qoʻqon davlat universiteti jamoasi quyidagi natijalarni qayd etdi:
🔹 Surxondaryo viloyati — 36:33
🔹 Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 28:23
🔹 Xorazm viloyati — 26:24
🔹 Jizzax viloyati — 22:16
🔹 Namangan viloyati — 27:17
🔹 Buxoro viloyati — 26:17
🔹 Andijon viloyati — 26:16
Yuqori saviyadagi oʻyinlar va murosasiz bahslar yakuniga koʻra, Qoʻqon davlat universiteti jamoasi 14 ochko jamgʻarib, chempionatda peshqadam boʻlib turibdi.
Qoʻqon davlat universiteti jamoasiga 3-davra bahslarida ham ulkan zafarlar tilaymiz!