Ilmiy seminar bo‘lib o‘tadi
2026-yil 1-may kuni soat 15:00 da Aniq fanlar va muhandislik fakulteti binosining 205-xonasida “Matematikaning zamonaviy muammolari” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tadi.
Seminar doirasida Qoʻqon davlat universiteti Matematika kafedrasi dotsenti, PhD Yakubjonova Maftunaxon Islomjon qizi “Li algebralari” mavzusida ma’ruza qiladi. Seminar rahbarlari: PhD, dotsent D. Aroyev hamda PhD, dotsent X. Turakulov.
Seminarda quyidagi masalalar muhokama qilinadi: mavzuning dolzarbligi, ilmiy va uslubiy yangiligi, tadqiqotda qo‘llangan asosiy usullar, olingan natijalar va foydalanilgan adabiyotlar hamda mavzu bo‘yicha chop etilgan ishlar. Shuningdek, Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) yo‘nalishi 1-kurs magistranti Akbarova Gulhayo Ashirali qizining ma’ruzasi ham tinglanadi.