Dissertatsiya muhokamasi oʻtkaziladi
Qo‘qon davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/2025.27.12.Fil.34.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarda 2026-yil 2-may kuni soat 08:30 da filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun Turdiyeva Gulnoza Sayfullayevnaning 10.00.01 — O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan
“XX asr boshlari Shinjon o‘zbek she’riyatidagi leksik birliklar lingvopoetikasi” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.