Sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 5-kurs bitiruvchi talabalar diqqatiga!
Fanlardan akademik qarzdorligi mavjud talabalar uchun qayta o‘qish bo‘yicha ariza topshirishning so‘nggi muddati — 2026-yil 2-may etib belgilangan.
Qayta o‘qish jarayonlari 2026-yil 11-maydan boshlanadi. Mazkur jarayonda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar 2-mayga qadar Registrator ofisiga shaxsan murojaat qilib, belgilangan tartibda ariza topshirishlari lozim.
Belgilangan muddatda ariza topshirmagan talabalar qayta o‘qish jarayonlarida ishtirok eta olmaydi.
Talabalar o‘zlarining akademik qarzdorlik holatini HEMIS axborot tizimidagi shaxsiy kabinetlari orqali, “Reyting daftarchasi” yoki “O‘zlashtirish” bo‘limlari orqali tekshirishlari mumkin.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-dekabrdagi 836-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 15-bandiga muvofiq, yakuniy davlat attestatsiyasiga faqat tegishli fanlarni to‘liq o‘zlashtirgan, belgilangan kreditlarni jamlagan hamda to‘lov-kontrakt majburiyatlarini to‘liq bajargan bitiruvchi talabalar kiritiladi.