
“Yangi Özbekiston talabalar olimpiadasi” doirasida Qöqon davlat universitetida yengil atletika böyiça musobaqalar yuqori saviyada taşkil etilib, talaba-yoşlarning jismoniy tayyorgarligi va sportga bölgan qiziqişini yana bir bor namoyon etdi.
2026-yil 20-aprel kuni universitetning Yoşlik stadionida bölib ötgan uşbu nufuzli sport tadbirida barça fakultetlardan saralangan iqtidorli talabalar iştirok etdilar. Musobaqada har bir fakultetdan 18 nafardan sportçi — 9 nafar qizlar va 9 nafar yigitlar qatnaşib, özaro kuç sinaşdilar. Bu esa bellaşuvlarning yanada qizğin va murosasiz ruhda ötişini taʼminladi.
Musobaqalar bir neçta yönalişlar böyiça taşkil etildi. Yuguriş bahslarida 100, 200, 400, 800, 1500 va 3000 metr masofalarga yuguriş turlari böyiça iştirokçilar öz tezkorligi va çidamliligini sinovdan ötkazdilar. Estafeta bahslarida esa 4×100 metr yönalişida jamoaviy uyğunlik va tezkorlik hal qiluvçi omil böldi.
Sakraş turlarida uç hatlab sakraş hamda uzunlikka sakraş böyiça sportçilar öz mahoratini namoyiş etdilar. Yadro uloqtiriş yönalişida esa iştirokçilar kuç, texnika va aniqlik borasida öz imkoniyatlarini körsatdilar.
Musobaqalar davomida talabalar yuqori sport madaniyatini namoyon etib, halol va adolatli kuraş olib bordilar. Har bir yönalişda keskin raqobat kuzatildi, natijada tomoşabinlar uçun qiziqarli va esda qolarli lahzalar yuzaga keldi.
Mazkur sport tadbiri talaba-yoşlar örtasida soğlom raqobat muhitini şakllantiriş, sportga bölgan qiziqişni yanada oşiriş hamda ularning jismoniy salomatligini mustahkamlaşga xizmat qildi. Şu bilan birga, musobaqa yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularda iroda, matonat va jamoaviylik kabi muhim fazilatlarni rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etdi.
Qöqon davlat universitetida ötkazilayotgan bunday sport musobaqalari talaba-yoşlarning har tomonlama barkamol bölib şakllanişida, ularning jismoniy va maʼnaviy salohiyatini yuksaltirişda muhim omil bölib xizmat qilmoqda.
Öxşaş yangiliklar

“Teng imkoniyatlar — muştarak kelajak” mavzusida uçraşuv ötkazildi
19-noyabr kuni Qöqon davlat universitetining Gumanitar fanlar va tillar fakultetida “Yoşlar kuni” doirasida dekan va kafedra mudirlari ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar bilan uçraşdi.

Qöqon davlat universitetida voleybol musobaqasi ğoliblari aniqlandi.
Qöqon davlat universiteti Yoşlar ittifoqi va Sport klubi hamkorligida Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti sport zalida talaba-yigitlar hamda qizlar örtasida voleybol musobaqasi tashkil etildi.

Qöqon davlat universitetida “Yangi oilaviy tarbiya konsepsiyasi” böyiça seminar-trening ötkazildi
2026-yil 19-noyabr kuni Qöqon davlat universitetida Oila va xotin-qizlar qömitasi işlab çiqqan “Yangi oilaviy tarbiya konsepsiyasi”ning maqsadi va ustuvor yönalişlariga bağışlangan seminar-trening bölib ötdi.









