
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Qöqon davlat universiteti Sanʼat va sport fakultetida “Ayollardek gözalsan bahor” nomli rasm çiziş böyiça ijodiy körik-tanlov taşkil etildi. Tadbir talaba-qizlarning ijodiy salohiyatini rivojlantiriş, tasviriy sanʼatga bölgan qiziqişni oşiriş va bahor faslining gözalligini hamda ayol siymosining nafisligini sanʼat orqali ifoda etiş maqsadida ötkazildi.
Körik-tanlovda fakultetning barça kurs talabalari faol qatnaşdi. Iştirokçilar özlarining ijodiy işlari orqali bahor mavzusini, tabiat uyğonişini, gullarning gözalligini, şuningdek, ayol siymosining nafisligi va mehribonligini ranglarda aks ettirdilar. Talabalar ranglar uyğunligi, kompozitsiya yeçimi va badiiy tafakkur asosida öz rasmlarini yaratib, hakamlar hayʼati oldida namoyiş etdilar.
Tadbir davomida talabalarning ijodiy işlari nafaqat bahorning latofati va tabiat uyğonişini, balki ayol mehr-muhabbatini, ona va opa-singil mehrini, şuningdek, zamonaviy yoşlar nigohi orqali ifodalangan turli badiiy ğoyalarni özida jamladi. Har bir iştirokçining işida individual yondaşuv va öziga xos badiiy uslub aks etdi. Hakamlar hayʼati işlardagi ranglar uyğunligi, mavzuni ifodalaş, tafakkur darajasi va ijodiy yondaşuvni asosiy mezon sifatida baholadi.
Tanlov yakunida ğoliblar aniqlandi: eng yuqori bahoga ega bölgan ijodiy işlar mualliflari faxriy yorliq va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Şuningdek, barça iştirokçilarga faol qatnaşgani uçun minnatdorçilik bildirildi. Tadbir yakunida fakultet professor-öqituvçilari yoşlarning sanʼatga bölgan qiziqişi va ijodiy salohiyatini yuksak qadrlaşini taʼkidladi.
Mazkur körik-tanlov nafaqat talaba-qizlarning tasviriy sanʼatga bölgan qiziqişini oşirdi, balki universitet jamoasida bayramona muhitni yaratişga xizmat qildi. Tadbir davomida iştirokçilar, professor-öqituvçilar va mehmonlar birgalikda bahor şukuhini his qilib, xotin-qizlarga bölgan hurmat va ehtiromni yana bir bor namoyiş etdilar.
Universitetimizda taşkil etilgan bunday ijodiy tadbirlar yoşlarning estetik didini rivojlantiriş, sanʼatga qiziqişini oşiriş va ularning kreativ tafakkurini şakllantirişga hissa qöşadi.
Öxşaş yangiliklar
QÖQON DAVLAT UNIVERSITETIDA «TALABALAR ILMIY FAOLLIGI REYTINGI» ELEKTRON PLATFORMASI ISHGA TUSHDI.
Qöqon davlat universitetida talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tizimli taşkil etiş, ilmiy faolligini oşiriş, erişilgan natijalarni monitoring qiliş hamda iqtidorli talabalarni aniqlaş maqsadida «Talabalar ilmiy faolligi reytingi» elektron platformasi faoliyati yölga qöyildi.

QÖQON DAVLAT UNIVERSITETIDA TYUTOR LAVOZIMIGA TAKLIF ETAMIZ!
Qöqon davlat universiteti tyutor lavozimidagi böş iş örniga nomzodlardan hujjatlar qabul qilinişini e’lon qiladi.

QÖQON DAVLAT UNIVERSITETIDA NAVBATDAN TAŞQARI KENGAŞ YIĞILIŞI ÖTKAZILDI.
Qöqon davlat universiteti rektori Dilnoza Xodjayeva raisligida navbatdan taşqari 5-sonli Kengaş yiğilişi bölib ötdi. Unda kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, mas’ullarga tegişli topşiriqlar berildi.








