Orqaga
Calendar icon

Qoʻqon davlat universiteti Yevropada rasmiy vakillikka ega boʻldi

Qoʻqon davlat universiteti xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish yoʻlida navbatdagi muhim qadamni tashladi. Universitet Latviya Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy konsuli Vladimir Galperin bilan Yevropada vakillik va hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladi.

Mazkur memorandumga muvofiq, Vladimir Galperin Qoʻqon davlat universitetining Yevropadagi rasmiy vakili etib tayinlandi. Ushbu hamkorlik universitetning xalqaro aloqalarini rivojlantirish, Yevropa davlatlaridagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan akademik hamkorlikni kengaytirish, ilmiy almashinuv va qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyishga xizmat qiladi.

Shuningdek, hamkorlik doirasida Qoʻqon davlat universitetining taʼlim va ilmiy salohiyatini xalqaro maydonda targʻib etish, talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish koʻzda tutilgan.