Orqaga
Calendar icon

Amaliy imtihonlar — kasbiy tayyorgarlikning muhim mezoni

Qo‘qon davlat universitetida o‘quv jarayonini baholashning amaliy yo‘naltirilgan shakllarini kengaytirish maqsadida yakuniy nazoratlar nafaqat yozma va test ko‘rinishida, balki fanlar xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy shaklda ham tashkil etilmoqda.

Xususan, universitetning San’at va sport fakultetida mavjud 9 ta yo‘nalish bo‘yicha yakuniy nazoratlar amaliy shaklda o‘tkazilib, mazkur jarayonlarga 1–4-kurslarda tahsil olayotgan jami 798 nafar talaba jalb etilgan. Ular o‘z kasbiy tayyorgarligi, amaliy bilim va ko‘nikmalarini bevosita ijro, mashg‘ulot va amaliy topshiriqlar orqali namoyon etmoqda.

Shuningdek, fakultetda o‘qitilayotgan jami 172 ta fan bo‘yicha yakuniy nazoratlar fanlarning o‘ziga xosligi va amaliy yo‘nalganligini inobatga olgan holda amaliy shaklda tashkil etilgan. Baholash jarayonlari amaldagi nizom va belgilangan mezonlar asosida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etgan holda olib borilmoqda.

Ta’lidlash joizki, amaliy shakldagi yakuniy nazoratlar talabalarning nazariy bilimlarini real amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash hamda ularning kelgusidagi mehnat faoliyatiga tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.